Qozoğistonlik tadbirkorlar özbekistonlik hamkasblariga Xitoy va Rossiya bozorlarini töldiriş uçun kooperatsiya asosida birlaşişni taklif etişdi. Bu haqda «Kazinform» xabar bergan.
«Qozoğistonning yonida ikkita juda katta bozor joylaşgan: Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi bozorlari. Bu juda katta bozorlar bölib, ularni faqatgina Qozoğiston tadbirkorlari kuçi bilan özlaştiriş juda murakkab, sababi bu mamlakatlardan keladigan buyurtmalar hajmi juda katta. Albatta, Qozoğiston hamda Özbekiston tadbirkorlari örtasidagi kooperatsiya bu bozorlarga çiqiş uçun katta imkoniyatni taqdim etadi», - deya xabar qildi «Atameken» milliy işbilarmonlar palatasi boşqaruvi raisi Nurjon Altayev qozoq-özbek forumida hisobot bilan çiqiş qilib.
Uning ta'kidlaşiça, ayni damda Özbekistonda Qozoğiston iştirokidagi 230 korxona faoliyat olib borsa, Qozoğistonda – Özbekiston rezidentlari iştirokidagi 130dan ortiq korxona işlamoqda.
«Bu körsatkiçlarni bir neça barobarga oşiriş mumkin. Biz juda katta salohiyatni körmoqdamiz. Har ikki davlat biznesni rivojlantiriş uçun katta imkoniyatga ega: bu ham yer, ham inson resurslari, ham sanoat salohiyati, ham istiqbolli içki mintaqaviy bozor (mamlakatlarimiz aholisi soni 50 millionga yaqinlaşib kelmoqda)», - deya qöşimça qilib ötdi Altayev.
Şuni ta'kidlab ötiş joizki, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qozoğistonga taşrifi doirasida Qozoğiston va Özbekiston örtasida 840 mln dollardan ortiq 92ta kelişuv imzolandi. Bugun forum yakuni böyiça qiymati 94 mln dollar bölgan önta hujjat imzolanadi.












