Tarmoqda 2017 yilning kuz mavsumida taqdim etiladigan Samsung Galaxy Note 8 smartfonining xususiyatlariga oid ma'lumotlar paydo böldi. Playfuldroir portali qurilmaning sxemali tasvirini çop etdi. 

Smartfon hoşiyasiz 6,4 dyuym 4K-displeyga ega böladi. Ekran tomonlari nisbati Galaxy S8'nikiga öxşaydi, ya'ni - 18,5X9. Unda ham Galaxy S8 qurilmasiga öxşab Home tugmasi bölmaydi, şu bois barmoq izlari skaneri qurilmaning orqa tomoniga köçirilişi mumkin. 

Qurilmaning pastki qismida USB Type-C, mini-jack quloqçinlari ulanadigan joy, şuningdek S-Pen stilusi uçun slot joylaşgan. Tepa qismida SIM-karta va ehtimol, xotira kartasi uçun slot hamda ikkinçi dinamik joylaşadi. 

Bundan taşqari, qurilma Samsung kompaniyasi 21 martda namoyiş qilgan Bixby ovozli assistentiga ega böladi. Işlab çiqaruvçi bu assistent bozordagi muqobillarning orasida eng aqllisi ekani va boşqa kompaniyalar qarorlaridan ajralib turişini ta'kidlamoqda.