23 mart oqşomida JÇ-2018 saralaşi, Janubiy Amerika mintaqasida 13-tur uçraşuvlari ötkazildi. Tur doirasida 5ta uçraşuv bölib ötdi, bu uçraşuvlarda Braziliya Urugvayni yirik hisobda taslim etdi, Argentina Çilidan «qasos oldi», Xamesning goli Boliviyaga qarşi öyinda Kolumbiyaga ğalaba keltirdi, Venesuela Peru bilan öyinda 2ta gol ustunligi bilan ğalaba qozona turib, durang öynadi, Paragvay esa Ekvador ustidan qiyinçilik bilan ğalaba qozondi.
Braziliya Montevideodagi «Sentenario» stadionida Urugvay darvozasiga 4ta gol yölladi. Endilikda Braziliya 30 oçko jamğardi va saralaş musobaqasi jadvalida katta ustunlik bilan yetakçilik qilmoqda. Pentakampionlarga yirik hisobda yutqazgan Urugvay esa 23 oçko bilan ikkinçi örinda.
Argentina esa öz maydonida Çilini minimal hisobda mağlub etdi. Yagona golni öyinning 16-daqiqasida Lionel Messi penaltidan urdi. Argentinaliklar öz oçkolarini 22taga yetkazişdi va 3-örinda borişmoqda. Çili esa kutilmaganda 6 poğonada (20 oçko).

Kolumbiya Boliviyani kiçik hisobda mağlub etdi. Barrankileda keçgan bahs kolumbiyaliklar foydasiga 1:0 hisobida yakunlandi. Bellaşuvdagi yagona gol Madridning «Real» klubi yarim himoyaçisi Xames Rodriges tomonidan 83-daqiqada kiritildi.
Kolumbiya uşbu ğalabadan söng 21 oçko jamğardi va saralaş bosqiçi jadvalida uçinçi öringa kötarilib oldi. Boliviya (7 oçko) 10 jamoa içida 9-örinni egallab turibdi.
Venesuela va Peru terma jamoalari uçraşuvida durang. Venesuela birinçi bölimni öz foydasiga hal qildi – 2:0, gollar Mikel Vilyanueva (24-daqiqa) hamda Romulo Otero (40) tomonidan kiritildi. Biroq peruliklar ikkinçi bölimda hisobni tenglaştirdi - Andre Karrilo (46) va Xose Paolo Gerrero (64) öz nomini tabloga yozdirib qöyişdi.
Peru terma jamoasi 15 oçko jamğardi va saralaş musobaqasi jadvalida 8-örinda qoldi. Venesuela (6 oçko) esa sönggi, 10 poğonani egallab turibdi.
Paragvay Ekvador ustidan qiyinçilik bilan zafar quçdi. Asunsondagi «Defensores del Çako» stadionida keçgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Paragvay uşbu ğalabadan söng 18 oçko jamğarib, saralaş musobaqasi jadvalida 7-örinda joylaşdi. Ekvador (20 oçko) esa 4 poğonada.

JÇ-2018 saralaşi
Janubiy Amerika, 13-tur
Urugvay – Braziliya 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 9, penalti Kavani, 1:1 – 19 Paulino, 1:2 – 52 Paulino, 1:3 – 74 Neymar, 1:4 – 90 Paulino.
Urugvay – Silva, Godin, Silva, Koates, Pereyra, Rodriges, Arevalo, Vesino, Sançes (Ernandes, 77), Rolan (Stuani, 58), Kavani.
Braziliya – Alisson, Dani Alves, Markinos, Marselo, Miranda, Paulino, Renato Augusto (Fernandino, 82), Koutino (Villian, 86), Kazemiro, Firmino (Diyego Souza, 89), Neymar.
Ogohlantirişlar: Pereyra (35), Kazemiro (45), Marselo (57), Dani Alves (61), Godin (65), Koates (71).
Argentina – Çili 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 16, penalti Messi.
Argentina – Romero, Otamendi, Mas (Musakko, 46), Merkado (Ronkalya, 77), Roxo, Bigliya, Maskerano, Di Mariya, Aguero (Banega, 58), Iguain, Messi.
Çili – Bravo, Isla, Bosejur, Xara, Fuensalida (Kastilo, 55), Arangis (Paredes, 90), Vargas, Ernandes, Sançes, Medel, Silva (Valdiviya, 70).
Ogohlantirişlar: Arangis (11), Fuensalida (15), Maskerano (18), Iguain (74), Ernandes (86).
Kolumbiya – Boliviya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 83 Xames.
Kolumbiya – Ospina, Sapata, Mina, Armero, Torres, Uribe (Sapata, 64), Sançes, Xames, Kuadrado, Bakka (Kardona, 76), Muriel (Kinones, 34).
Boliviya – Lampe, Koimbra, Raldes, Kuelyar (Ribera, 76), Sagredo, Bexarano, Aponte (Guterres, 90), Morales (Arse, 87), Melean, Xustiniano, Moreno.
Ogohlantiriş: Aponte (50).
Venesuela – Peru 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 24 Vilyanueva, 2:0 – 40 Otero, 2:1 – 46 Karrilo, 2:2 – 64 Gerrero.
Venesuela – Farines, Vilyanueva, Anxel, Felçer, Gonsales, Otero (Maçis, 73), Gerra, Murilo (Soteldo, 84), Rinkon, Martines (Errera, 59), Rondon.
Peru – Galese, Rodriges, Yotun (Penya, 78), Trauko, Ramos, Kueva, Tapiya (Akino, 85), Karrilo (Ruidias, 78), Korso, Gerrero, Flores.
Ogohlantirişlar: Murilo (28), Trauko (28), Felçer (44), Ramos (45), Tapiya (73).
Paragvay – Ekvador 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 12 Valdes, 2:0 – 65 Alonso, 2:1 – 70, penalti Kaysedo.
Paragvay – Silva, da Silva, Valdes, Alonso, Veron, Riveros, Kaseres (Ortis, 82), Almiron, Iturbe (Peres, 71), Dominges, Leskano (Santander, 64).
Ekvador – Dreyer, Kaysedo, Mina, Ayovi, Valensiya, Noboa (Mena, 88), Orexuela (Oyola, 77), Paredes (Montero, 87), Valensiya, Bolanos, Kaysedo.
Ogohlantirişlar: Noboa (19), Bolanos (27), Riveros (83), Oyola (88).












