Braziliyaning Embraer kompaniyasi Özbekiston Harbiy-havo kuçlariga birinçi C-390 Millennium samolyotini topşirdi.

Marosim kompaniyaning Braziliyadagi korxonasida Özbekiston Harbiy-havo kuçlari qömondoni general-mayor Ahmad Burhonov iştirokida bölib ötdi.

Özbekiston Markaziy Osiyoda C-390 Millennium samolyotining birinçi foydalanuvçisiga aylandi.

Samolyot 26 tonnagaça yuk taşiş, 470 uzel tezlikka erişiş va uzoq masofalarga parvoz qiliş imkoniyatiga ega. U yuk va harbiy xizmatçilarni taşiş, desant taşlaş, tibbiy evakuatsiya, qidiruv-qutqaruv operatsiyalari, yonğinni öçiriş va gumanitar missiyalar uçun möljallangan, şuningdek, havoda boşqa samolyotlarga yoqilği quyiş uçun ham işlatilişi mumkin.

Embraer kompaniyasi va Özbekiston Harbiy-havo kuçlari örtasida 2024-yil oxirida tuzilgan şartnoma, şuningdek, öqitiş, texnik qöllab-quvvatlaş va ehtiyot qismlarni yetkazib berişni ham közda tutadi.