DW naşrining Braziliya saylov organi maʼlumotlariga tayanib yozişiça, 5-oktabrga ötar keçasi byulletenlarning 99,99 foizi sanab çiqilgan. Natijalarga köra, Rio-de-Janeyro ştatidan senator Flaviu Bolsonaru amaldagi davlat rahbarini 1,87 foiz punktga ortda qoldirgan.

Saylovda qatnaşiş körsatkiçi 78,92 foizni taşkil etgan. Birinçi turda heç bir nomzod 50 foizdan ortiq ovoz töplamagani uçun prezidentlik masalasi takroriy ovoz berişda hal böladi.

Bu galgi raqobat Bolsonarular oilasining hokimiyatga qaytişga urinişi sifatida ham körilmoqda. 2022-yilgi prezidentlik saylovining ikkinçi turida Lula da Silva Flaviuning otasi - öşa paytdagi prezident Jair Bolsonaruni mağlub etgan edi.

Jair Bolsonaru öşanda ovoz beriş natijalarini tan olmagan, uning tarafdorlari esa norozilik namoyişlariga çiqqan. Keyinçalik sobiq prezident davlat töntarişiga uriniş işi böyiça uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan.

Bolsonarular oilasining yana bir vakili - Eduardu Bolsonaru ham sud hukmiga duç kelgan. Manbaga köra, Braziliya Oliy sudi 2026-yil iyunida uni tört yil-u ikki oyga ozodlikdan mahrum qilgan. Bunga uning otasiga çiqarilgan hukm sabab AQŞni Braziliyaga qarşi sanksiyalar joriy etişga çaqirgani asos bölgan. AQŞda yaşayotgan Eduarduga nisbatan iş sirtdan körib çiqilgan.

Prezidentlik uçun kuraşayotgan 45 yoşli Flaviu Bolsonaru saylovoldi kampaniyasida jinoyatçilikka qarşi kuraşişni asosiy vaʼdalaridan biri sifatida ilgari surgan. Biroq uning özi ham avval korrupsiya va mablağlarni noqonuniy özlaştirişga oid gumonlar bilan boğliq işlar markazida bölgan.

Xususan, 2019-yilda siyosatçiga nisbatan amalda işlamagan, ammo xodimlar röyxatiga kiritilgan şaxslar uçun tölovlar oliş hamda bank hisobvarağiga şubhali pul ötkazmalari yuzasidan işlar oçilgan.

Naşr Flaviuning nomi Banco Master banki atrofidagi mojaroda ham tilga olinayotganini qayd etgan. Bank va uning yirik aksiyadori Daniel Vorkaru bajarib bölmaydigan yuqori daromad vaʼdalari orqali davlat va xususiy fondlardan önlab million dollar investitsiya jalb qilişda gumon qilinmoqda. Tergov ehtimoliy moliyaviy piramidaga oid holatlarni örganmoqda.

Vorkaru Jair Bolsonaru haqidagi «Qora ot» biografik filmining prodyuserlaridan biri sifatida ham tanilgan. OAVda uning Flaviu Bolsonaru bilan yozişmalari eʼlon qilingan. Naşr talqiniça, bu yozişmalar siyosatçining ehtimoliy sxema haqida xabardor bölgani va unga kömaklaşgani haqida savollar tuğdiradi. Biroq keltirilgan maʼlumotlar Flaviuning mazkur iş böyiça aybi sudda isbotlanganini anglatmaydi.