Ma'lumki, Toşkent metropolitenining Novza metro bekati çorrahasidagi yangi avtomobil köprigi qurilayotgani, uning oçiliş sanasi ortga surilgani haqida avval ham xabar qilingan edi. Yangi olti qatorlik yöl ötkazgiç uzunligi 900 metrni, eni 24 metrni taşkil etadi. Unga parallel ravişda ikkita, har biri 131,6 metrlik piyodalar uçun möljallangan tomi yopiq yer usti köprigi ham barpo etildi. Piyodalarga qulaylik sifatida ularga eskalator va lift ham örnatiladi.

Ayni vaqtda, ta'kidlaş joizki, köprikda va uning yon-atrofida barça işlar bajarib bölinganini köriş mumkin. Faqat, obodonlaştiriş xodimlari sönggi tozalaş işlarini amalga oşirmoqda. Şu bilan birga, köprikning qaçon foydalanişga topşirilişi masalasi hamon oçiq qolmoqda. Bu haqda turli gap-sözlar ham mavjud. Turli OAV şahar ma'muriyati vakiliga asoslangan holda, uning kelasi haftada oçilişini aytmoqda. Biroq, davlatimiz rahbari 25 mart kuni tuşdan söng uşbu hududda bajarilgan işlar bilan tanişiş maqsadida taşrif buyurişi haqida xabarlar ham yöq emas.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahri va mehmonlari, şuningdek, köprik tevarak atrofida istiqomat qiluvçi aholiga xizmat qiluvçi köprikni foydalanişga topşiriş muddati 21 mart – Navröz kuniga belgilangan edi. Biroq, bayramdan bir neça kun avval köprik bayramda oçilmasligi aniq bölib ulgurdi. Nima bölganda ham barça uçun birdek foydali bölgan inşootning xalqimizga xizmat qilişini boşlaşiga juda oz fursat qoldi. Buning uçun biroz sabr bilan kutiş kifoya qiladi.

Şu örinda ta'kidlaş lozim, hozirça, köprikning oçiliş muddatiga doir biror rasmiy xabar mavjud emas.












