Buyuk Britaniyaning Liverpul şahri yaqinidagi Nyu-Ferri şahrida röy bergan baxtsiz hodisa oqibatda jabrlanganlar soni 32 nafarga yetdi.
Bu haqda mahalliy tez yordam xizmati Twitter sahifasida xabar qildi.
«Yangilaniş: 30 «yura oladigan jarohatlanganlar» (yengil jarohatlar bilan) hamda 2 nafari jiddiy jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan», — deyiladi xabarda.
Avvalroq, The Mirror gazetasi Mersisayd grafligining Nyu-Ferri şahrida gaz portlagani, 24 kişi jabrlangani xususida xabar qilgan edi. Ma'lumotlarga köra, fojia Xitoy restorani va raqs studiyasida yuz bergan, bino töliq yöq bölgan.












