Joriy yilning 19-23 mart kunlari Namangan viloyatidan tibbiyot sohasi, farmatsevtik işlab çiqariş korxonalari va tadbirkorlar vakillaridan iborat delegatsiya Hindistonning MJ Group kompaniyasi rahbari Javşantal Şax taklifi bilan Hindiston davlatida bölib qaytdi. Bu haqda Namnews xabar berdi.
Taşrif davomida sanoat, farmatsevtika va tibbiy xizmat körsatiş sohasidagi hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida Hindistonning biznes vakillari bilan bevosita uçraşuvlar ötkazilib, qator memorandumlar imzolandi.
Delegatsiya tarkibida Namangan viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Solijon Möminov, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali direktori Aziz Ermetov, tadbirkorlar Olimjon Isayev, Bahodir Dadaboyev, Ahmad Sulaymonov, Abdulmannop Holmirzayev va Otabek Mansurovlar Dehlida Özbekiston elçixonasi vakili bilan uçraşib, Puna şahriga uçib ketişdi.
Puna şahrida Insulin işlab çiqaruvçi MJ Biotech PVT.Ltd zavodiga taşrif buyurib, uning faoliyati bilan tanişib çiqildi. Bu yerda zavod boş menejyeri janob Krishna Prasad işlab çiqariş jarayonida prezentatsiya qilib, kompaniya tarixi va işlab çiqariş jarayoni haqida tuşunçalar berdi.
21 mart kuni Taloja şahrida MJ kompaniyasiga qaraşli MJ Biopharm Pvt.Ltd dori işlab çiqariş farmatsevtika zavodiga borib, faoliyati bilan tanişib çiqildi. MJ Biopharm Pvt.Ltd vitse-prezidenti janob Hitendra H.Pandit işlab çiqariş jarayoni, texnologiyalar va sönggi erişilgan yutuqlar töğrisida töliq axborot berdi. Bu zavodda tabletka va ampula şaklida dori işlab çiqarilişi jarayoni bilan tanişib, boş menejyerlar Rajesh Sawant va Rakesh Vyas’dan qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.
Şu kuni keçda MJ zavodi rahbariyati janob Jashvantlal Shah va Amol Shah bilan delegatsiya rahbari Solijon Möminov muzokaralar ötkazdi hamda özaro hamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi.
“Ifoda agro kimyo” korxonasi rahbari Olimjon Isayev va Hindistonning M.J.Biofarm Private Limited kompaniyasi vakili Dr Shekeel örtasida ösimliklarni turli kasalliklardan himoya vositalari – kimyoviy dorilar işlab çiqarişni yölga qöyiş va kelgusidagi hamkorlik böyiça ham memorandum imzolandi.
Hindistonlik tadbirkorlar va tibbiyot sohasi vakillariga Namangan viloyati, uning sanoati, işlab çiqariş korxonalari, imkoniyatlari, tibbiyot sohasi va farmatsevtik işlab çiqariş korxonalari töğrisidagi videorolik namoyiş qilindi va bukletlar tarqatildi.
MJ kompaniyasidan janob Jashvantlal Shah va Namangandagi “Kamol med farm” korxonasidan Holmirzayev Abdumannoplar yil oxiriga qadar inbal usulida insulin va ayrim preparatlarni işlab çiqarişni yölga qöyiş yuzasidan memorandum imzoladi.
Jashvantlal Shah Özbekiston tomonidan zavod uçun ajratiladigan yer maydonida farmatsevtika zavodi quriş uçun 10 mln. AQŞ dollari qiymatidagi investitsiya kiritiş istagini bildirdi. Ajratiladigan yer maydonining fotosuratlari, konturlari va boşqa ma'lumotlarni kompaniyaga elektron poçta orqali yetkaziş va şu asosda hindistonlik ekspertlar xulosasi olinişiga va kelgusida quriladigan zavodda insulin va substansiyalar işlab çiqarişni yölga qöyiş kelişib olindi.
Şuningdek, yirik investitsion fond vakili janob Kothary tomonidan va ösimliklarni turli kasalliklardan himoya vositalari – kimyoviy dorilar işlab çiqariş böyiça dunyoning eng yetakçi yettitaligiga kirgan Biostadt Groop LTD vakili Juzar Khorakiwala tomonidan ham Özbekistonga investitsiya kiritiş istagi bildirildi.
Namangan viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Solijon Möminov Çennay tibbiyot ilmiy bilim yurtidan doktor Patta Radxakrişna bilan muzokaralar ötkazib, bilim yurtining malakali mutaxassislarining Özbekistonda turli murakkab operatsiyalarda iştirok etişi va özbekistonlik mutaxassislarning Çennay ilmiy bilim yurti bazasida malaka oşirişi va sertifikat berilişi haqida memorandum imzoladi. Özbekistondan tajriba almaşiş va malaka oşiriş uçun kelgan mutaxassislar klinika hisobidan bepul öqitilişi kafolatlanadi.
Bundan taşqari JAYPEE hospitals va Fortis Healthcare Limited vakillari bilan muloqot ötkazilib, tibbiyot sohasida kelgusidagi hamkorlik masalalarida muzokaralar ötkazildi. Bunga köra Namangan viloyatining Çust tumanida joylaşgan sport va soğlomlaştiriş tibbiy taşhis markaziga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va sarflov vositalarini olib keliş nazarda tutildi.











