Bolgariyada muddatdan avvalgi parlament saylovlarida 32,8 foiz ovoz bilan sobiq boş vazir Boyko Borisov boşçiligidagi "Fuqarolar Bolgariyaning yevropaça rivojlanişi uçun" partiyasi yetakçilik qilmoqda. Bundan Gallup International tadqiqot agentligining ekzit-poll ma'lumotlari darak bermoqda.
2-örinni Bolgariya sotsialistik partiyasi 28,4 foiz bilan egallamoqda.
Bundan taşqari, parlamentga kiriş uçun 4 foizlik çegarani "Birlaşgan vatanparvarlar" (8,8 foiz), "Huquq va erkinliklar uçun harakat" (7,8) va "Iroda" partiyasi (4,6) ötdi.
Birinçi rasmiy ma'lumotlar butun dunyo böylab saylov uçastkalari yopilgaç, 27 martga ötar keçasi paydo böladi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, "Fuqarolar Bolgariyaning yevropaça rivojlanişi uçun" partiyasiga 86 tadan 92 tagaça örin, Bolgariya sotsialistik partiyasiga 75 tadan 81 tagaça örin tegişi mumkin.












