Avval xabar qilinganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 22-23 mart kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böldi.
Taşrif doirasida Ostona şahrida Özbekiston Milliy sanoat körgazmasi va ikki mamlakat işbilarmon doiralari iştirokida biznes-forum bölib ötdi. Biznes-forumda Özbekiston va Qozoğistonning 500 dan ortiq işbilarmonlari iştirok etdi. Ularning yakunlari böyiça umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bölgan savdo şartnomalari va investitsiyaviy bitimlar imzolandi.
ÖzA muxbirlari biznes-forum va körgazmada qatnaşgan Özbekistonning kompaniya va korxonalari rahbarlari, işbilarmonlari bilan suhbatda bölib, mazkur tadbirlarda erişilgan kelişuv va bitimlarning ahamiyati haqida sözlab berişini iltimos qildi.
Odilxon Rustamov, «Özbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi raisi:
– Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 7 fevraldagi “Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi töğrisida”gi farmoni mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning yangi bosqiçini boşlab berdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 22-23 mart kunlari Qozoğistonga davlat taşrifi bu boradagi vazifalar qançalik muhimligining yana bir isbotidir. Mamlakatlarimiz örtasidagi yaxşi qöşniçilik va yaqin hamkorlik munosabatlari mustahkamlanib bormoqda. 2016 yilda kompaniyamiz tomonidan Qozoğistonga qariyb 500 ming tonna mahsulot eksport qilindi. Sabzavotlar, mevalar, uzum, poliz mahsulotlari, quritilgan meva-sabzavotlar şular sirasidandir.
Joriy yilda rejalarimiz bundan ham ulkan. Yanvar-fevral oylarida qariyb 16 million dollarlik mahsulot eksport qilingani ham hamkorligimizning ufqlari kengayib borayotganidan dalolatdir. Yil yakuniga qadar tizimdagi korxonalarda tayyorlangan 560 ming tonna mahsulotni Qozoğiston bozoriga yetkazib beriş niyatidamiz.
Ostona şahrida bölib ötgan Özbekiston Milliy sanoat körgazmasida mamlakatimiz sanoat korxona va kompaniyalari öz mahsulot va xizmatlarini taqdim etdi. “Özbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tizimdagi 90 dan ziyod korxona va ularda işlab çiqarilayotgan 300 ga yaqin turdagi meva-sabzavot, qandolatçilik, göşt-sut mahsulotlari, turli içimliklar bilan iştirok etdi. Körgazma yakunida 300 million dollarga yaqin şartnomalar imzolaşga erişdik.
Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan investitsiyalarning asosiy qismi işlab çiqariş obektlarini quriş, ularni eng ilğor uskunalar bilan jihozlaşga yönaltirilmoqda. Natijada soha korxonalari Avstriya, Germaniya, Polşa, Janubiy Koreya, Xitoy kabi 20 dan ortiq xorijiy mamlakatlarning eng zamonaviy texnologik uskunalari bilan jihozlanmoqda. Bu yuqori sifatli, taşqi bozorlarda raqobatdoş mahsulot tayyorlaşda qöl kelmoqda. “Özbekistonda işlab çiqarilgan” yorliği tuşirilgan mahsulotlarimizni dunyoning 80 dan ortiq davlatiga eksport qilamiz. Oxirgi 10 yilda meva şarbatlari eksporti 2, boşqa oziq-ovqat mahsulotlari eksporti örtaça 1,5 barobar köpaydi, valyuta tuşumi 6 marotaba ortdi.
Kompaniyamiz tizimida “Özagroeksport” korxonasi faoliyat yuritmoqda. Hozir mazkur korxona tomonidan Qozoğistonda uçta savdo uyi oçilgan. Bugungi kunda savdo uylari bilan umumiy qiymati 40 million dollarlikdan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib beriş böyiça şartnomalar imzolandi.
Alişer Sultonov, “Özbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boşqaruvi raisi:
– Prezidentimizning Qozoğistonga davlat taşrifi doirasida Ostonada bölib ötgan biznes-forum ulkan ahamiyatga ega böldi. “Özbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan “Kazmunaygaz”, “Kaztransgaz” va “Kaztransoyl” kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi.
Uşbu uçraşuvlar davomida erişilgan kelişuvlar orasida Omsk-Pavlodar-Çimkent neft quvuri tarmoği orqali neftni qayta işlovçi zavodlarimizni xomaşyo bilan ta'minlaşga oid şartnomani alohida qayd etiş zarur.
Bu kelişuv yaqin istiqbolda Rossiya yoki Qozoğistonda işlab çiqarilayotgan neftning bir million tonnasini Özbekistonga yetkazib beriş imkonini beradi. Kelgusida uşbu körsatkiçni yiliga beş million tonnagaça yetkaziş közda tutilmoqda. Mazkur istiqbolli loyiha Jizzax viloyatida barpo etilayotgan neftni qayta işlaş zavodini zarur xomaşyo bilan ta'minlaşga xizmat qiladi. Bu obektni 2020 yil oxirigaça foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.
Davron Akbarov, “Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati huzuridagi töqimaçilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi direktori:
– Özbekiston yengil sanoatçilari bilan dunyoning köplab mamlakatlari, xususan, Qozoğiston töqimaçilik va savdo kompaniyalari örtasidagi özaro savdo-iqtisodiy va kooperatsion aloqalar izçil rivojlanayotir. Mamlakatimiz korxonalari Qozoğistonning «Davtex», «RVS Company», «Jyetisu Market», «Azala Textile» kabi kompaniyalari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. 2015-2016 yillarda Özbekistondan Qozoğistonga 18,5 million dollarlik ip-kalava, mato, trikotaj polotnosi, tayyor tikuv-trikotaj kabi töqimaçilik mahsulotlari eksport qilindi. Joriy yilda uşbu körsatkiç 20 million dollarga yetkaziladi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Qozoğistonga davlat taşrifi doirasida ötkazilgan Özbekiston Milliy sanoat körgazmasida “Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 25 korxona 70 dan ziyod turdagi mahsulotlari bilan iştirok etdi. «Uztex Group», «Istiqlol Tekstil Dizayn», «Urganch Bahmal», «Art Soft Tex», «Sedat Triko Tashkent», «Textile Mill Tashkent», «Mos Yan Teks», «Bofanda», «Jizzah Plasteks», «Favorit Textile», «Mini Max», «Shafak Textile», «Turan Tex», «SAG» kabi kompaniyalar tayyor trikotaj, turli paypoqlar, erkaklar kostyumi va köylaklari, paltolar, ip-kalava, bolalar kiyimlari, gilamlar va boşqa turdagi töqimaçilik mahsulotlarini namoyiş qildi. Özbekiston töqimaçilik mahsulotlari qozoğistonlik şeriklarimizda katta qiziqiş uyğotdi.
Rumiya Abaydulina, «Unison Group» mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbari:
– Ostona şahrida ötkazilgan Özbekiston Milliy sanoat körgazmasidagi iştirokimiz ğoyat samarali böldi. Unda biz Qozoğistonning köplab işbilarmonlari bilan hamkorlik aloqalari örnatiş böyiça muzokaralar ötkaziş, ikki tomon uçun ham manfaatli bölgan kelişuvlarga erişişga muvaffaq böldik. Milliy bank huzuridagi Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining eksportini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi kömagida kompaniyamiz Qozoğistonning «Agro Max Astana», «Darjan Grupp» va boşqa qator savdo majmualari bilan konservalangan özbek palovi yetkazib beriş böyiça qariyb 1 million dollarlik şartnoma imzoladi.
Mahsulotimizga Qozoğistonning qator savdo korxonalari tomonidan talab tobora ortib bormoqda. Jamğarma mahsulotimiz reklamasini ta'minlaş bilan bir qatorda uning eksportini amalga oşiriş uçun 250 million söm miqdorida foizsiz moliyaviy kömak körsatdi. Bu mahsulotlarimizni xorijiy hamkorlarimizga tez va sifatli yetkazib berişga hamda ular bilan hamkorligimizni yanada kuçaytirişga zamin yaratmoqda.










