2015 yilning 10 aprelida Andijon viloyati Baliqçi tumani IIB profilaktika inspektori, leytenant Ş.Mirzayevga “Olimbek” qişloq fuqarolar yiğinida yaşovçi er-xotin murojaat etdi, deb yozadi “Postda” gazetasi.
Inspektor ularni kabinetiga taklif qilib, nima gapligini söradi. Ular şoşib-pişib ikki boş buzoğini öğirlab ketişganini aytişdi. Söng A.Ismoilov biroz özini bosib olib, yuz bergan voqeani şunday bayon etdi:
- Bizning ikki boş govmişimiz bor. Töqqizinçi aprel kuni keçki payt işdan qaytganimdan söng odatga köra sigiru buzoqlarning oxuriga piçan soldim. Söng uyga kirib, bola-çaqa bilan ovqatlandim. Keçasi soat ön ikkilarga yaqin uxlagani yotdik. Ertalab soat oltilarda xotinim sigir soğiş uçun borsa, buzoqlar yöq. Turmuş örtoğim uyga kirib, oğilxonaning eşigi oçiqligini, buzoqlar esa yöqligini aytdi. Avvaliga buzoqlar ötlagani ötloqqa ketgan bölsa kerak deb öyladim. Çunki ilgari ham şunday bölib turardi. Ularni izlagani taşqariga çiqdim. Yöl-yölakay qöni-qöşnilardane ikki boş buzoqqa közingiz tuşmadimi deb sörab bordim. Ular yelka qisib, heç qanday buzoqqa közi tuşmaganini aytişdi. Ötloqda ham jonivorlarni topmagaç, şoşilib izimga qaytdim. Xotinimga buzoqlarni topolmaganimni aytdim. Keçasi uxlab yotganimizda kimdir oğilxonaga kirib, buzoqlarni öğirlab ketibdi.
- Demak, sizningça, mollaringizni öğirlab ketişganmi? – söradi jabrdiydadan inspektor. – Xöş, gumoningiz kimdan?
A.Ismoilov bir daqiqa sukut saqlab, kimdan gumon qilişni bilmasligini aytdi.
- Ha, mayli, tekşirib köramiz. Sizlar uyingizga boraveringlar. Men qöni-qöşnilaringizdan sörab-suriştiraman. Balki, kimdir nimanidir körgandir yoki eşitgandir, - deb inspektor er-xotinni xotirjam qilib kuzatib qöydi.
Qonunga köra, içki işlar organi xodimi öğirlik haqidagi arizani qabul qilib olişi kerak edi. Ammo inspektor özining xizmat vazifalariga rioya etmadi, jinoyat yuz berganligi haqidagi arizani qabul qilib olmadi. U öz manfaatini közlab iş tutdi, xizmat hududida kriminogen vaziyat körsatkiçlarini yomonlaştirişni istamadi. Buning ustiga şoşilinç tergov-suriştiruv harakatlarini ötkazmadi, yuz bergan voqea haqida tuman IIB navbatçilik qismiga xabar bermadi, ariza va xabarlar kitobiga xabarni qayd etmadi.
Oradan muayyan vaqt ötib, A.Ismoilov profilaktika inspektoridan: “Öğri topildimi, buzoqlardan darak bormi?” deb söradi. Ammo özining savoliga tayinli javob ololmadi. “Qinğir işning qiyiği qirq yildan keyin ham çiqadi” deb bejiz aytişmaydi. Prokuratura organlari tomonidan 2016 yilning avgustida jinoyatni hisobga olişda qasddan yaşiriş holati böyiça jinoyat işi qözğatildi.
Sud jinoyat işi materiallarini sinçiklab örgandi, jabrdiydaning, guvohlarning va sudlanuvçining körsatmalarini tinglab, Ş.Mirzayevni jinoyat sodir etişda aybdor deb topdi. Joriy yilning 11 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Baliqçi tuman sudi Andijon viloyati Baliqçi tumani IIB profilaktika inspektori, leytenant Şerzodbek Mirzayevni iş haqining 20 foizini davlat hisobiga çegirib qolgan holda ikki yil muddatga axloq tuzatiş işlariga hukm qildi. Şuningdek, unga ikki yil davomida moddiy javobgarlik lavozimlarini egallaşni taqiqladi.
Sudlanuvçi öz aybiga töla iqrorligi, qilmişidan puşaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi hisobga olinib, unga nisbatan amnistiya akti qöllanildi va asosiy jazodan ozod etildi.
“Postda” gazetasining xabar berişiça, ötgan yil davomida Özbekiston JKning 241\1-moddasida közda tutilgan (“Jinoyatni hisobga olişdan qasddan yaşiriş”) jinoyatni sodir etgani uçun içki işlar organlarining bir neça xodim sud organlari tomonidan javobgarlikka tortilgan.











