«Sanderlend» hujumçisi Jyermeyn Defo Angliya terma jamoasi safida 2018 yilgi jahon çempionatida iştirok etiş uçun vegetarian bölişga tayyor.

Oktyabr oyida 34 yoşga töladigan Defo 3,5 yillik tanaffusdan keyin terma jamoaga qaytgan. U angliyaliklarning JÇ-2018 saralaşi doirasida Litvaga qarşi keçgan va 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan uçraşuvida iştirok etib, gollardan biriga mualliflik qildi. U vegetarianlik unga terma jamoa talabiga javob beruvçi sport formasini saqlab turişni ta'minlaydi deb hisoblamoqda.

Defo uzoq vaqtdan beri alkogoldan voz keçiş harakati (teetotalism) tarafdori hisoblanadi, krioterapiya (tanani sovuq suvda çiniqtiriş) tarğiboti hamda yoga bilan şuğullanadi. Uşbu futbolçi öz muvaffaqiyatlari sababini şu tanlovlari bilan boğlaydi. Uning aytişiça, bu ğoyani unga sevgan qizi taklif etgan. 

«Endi men öz tanamni yaxşi his qilaman. Har bir futbolçi öyindan oldin özini bardam his etişni istaydi, bundan yoqimliroq hissiyot bölmaydi. Şu tufayli men krioterapiya, massaj, töğri ovqatlaniş va vegetarianlikni töğri yöl deb bilaman. Kulişingiz mumkin – men onamnikiga mehmon bölib borganimda u stolga göştning barça xilini tortib qöyadi», - degan Defo Skysports efirida.