Özbekiston milliy jamoasi nihoyat futbol böyiça jahon çempionatiga çiqdi. Quyida mundial yöllanmasi özbek futboli uçun qançalik muhim ekani, bu yöllanma futbolimiz tarixidagi barça futbolçilarning umumiy ğalabasi ekani haqida öz fikrimni bildirmoqçiman.
Kalaka qilingan futbolimiz...
Biz futbol jurnalistikasidan çiqqan yigitlarmiz. Biz uçun futbol özgaça narsa. Avvalgi videolardan birida aytganimdek – hayotning yoruğ tomoni. Boşqa avlod vakillariga hurmat saqlagan holda aytmoqçiman: bu yöllanma bahraynlik Mahmud Abdulrahmon yiğlatgan bizning avlod uçun ayniqsa juda qadrli. Axir biz «Futbolingni qöy, boks zör», deydigan ur-yiqit tarafdorlari bilan ozmunça talaşdikmi.
Heç esimdan çiqmaydi, 2011 yilgi Osiyo kubogi vaqtida qişloqda doimgidek «svet» öçandi. Biz radioda sport kanalini yoqdik-da, uni qölimizga olib butun qişloq yiğilib öyinni körayotgan joyga qarab yugurdik. Yölda Özbekiston madhiyasi boşlanib qoldi. Yölma-yöl yugurib madhiya aytganimizni körgan odamlar kulgandi. Öşa kuni Avstraliyaga 0:6 hisobida yutqazdik...
Maktab davrimiz futbolimiz kalaka qilinişini köriş bilan ötdi. Axir çindan doim katta öyin vaqtida nimadir bölib mağlub bölardik. Milliy jamoamiz safida xorijliklarga pasport berib öynatişganidek şarmandaliklarni ham kördik. Eldor boşçilik jamoamiz millionlab muxlislarni mana şunday xörliklardan qutqarişdi, endi bizning kökragimizga ham şamol tegdi.
Bu hammaning ğalabasi
Özbekiston mundialga çiqişida saralaş bosqiçida qatnaşgan barçaning xizmati katta böldi. Şaxsan men bu yölda eng katta işni Sreçko Katanets qildi deb hisoblayman. U jamoaga xarakter olib kirdi, odatda oxirgi daqiqalarda gol qöyib yuboradigan Özbekiston endi oxirgi daqiqalarda gol uradigan böldi. Kapadze ham qiyin pallada tizginni qöldan çiqarmadi. Eldorning yetakçiligi, Abbosning sermahsulligi, Alijonovning reydlari Otabek va Odilning sovuqqonligi, Ötkirning super öyinlari bizni tarixiy mundialga olib çiqdi...
Lekin unutmang, bu ğalabada özbek futboli tarixidagi barçaning hissasi bor. Bu biz hamon futboldan ketib murabbiylikka ötganini qabul qilolmaydigan Mirjalolning, yuzini raqib butsasiga qöyişga qörqmaydigan Baxtiyor Aşurmatovning, Rossiyada uni özbek deb çaqirişlaridan faxrlanadigan Kolya Şirşovning, 1999 yil Mirjalolning uzatmasidan keyin BAAni öz uyida zor yiğlatgan Maksim Şatskixning ğalabasi.







