Joriy yilning10fevral kuni Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazilgan Özbekiston zamonaviy beşkuraş federatsiyasi Özbekiston çempionati qaçon ötkazilişini ma'lum qildi. Bu haqda Özbekiston zamonaviy beşkuraş federatsiyasi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.
Unga köra, zamonaviy beşkuraş böyiça ilk musobaqaga 31 mart kuni start beriladi. Mazkur bellaşuvlar poytaxtning turli sport saroylarida ötkazilişi rejalaştirilgan. Xususan, beşkuraşçilar örtasidagi qiliçbozlik bellaşuvlari «Paxtakor» Markaziy stadionining «Yoşlik» sport zalida soat 09:00 dan 11:00 ga qadar bölib ötadi.
Şu kunning özida keyingi bellaşuvlarni atletlar poytaxtdagi «Yoşlik» soğlomlaştiriş-sport kompleksi (sobiq NBU sport majmuasi)da davom ettiradilar. Rejaga köra, musobaqaning suziş sport turi böyiça bellaşuv soat 12:00dan 14:00gaça, öq otiş va yuguriş böyiça ballarni jamlaş esa 15:00-18:00gaça bölib ötişi közda tutilgan.
Zamonaviy beşkuraş böyiça Özbekiston çempionatining ot sporti böyiça ötakaziladigan bellaşuvi joriy yilning 1 aprel sanasida belgilandi. Iştirokçilar «Ot sporti böyiça respublika oliy sport mahorat maktabi»da soat 09:00dan boşlab otni böysundiriş böyiça öz mahoratlarini namoyiş etadilar. Musobaqa bahslari yakunlangaç, Özbekiston zamonaviy beşkuraş federatsiyasining faoliyati taqdimoti va zamonaviy beşkuraş böyiça Özbekiston çempionatining oçilişiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötadi. Unda ilk musobaqada ğoliblikni qölga kiritgan sportçilar munosib taqdirlanadilar.
Özbekiston zamonaviy beşkuraş federatsiyasi mamlakatdagi sport işqibozlari va OAVlari vakillarini qizğin va murosasiz ötişi kutilayotgan mazkur bellaşuvlarni tomoşa qilişga taklif etadi. Musobaqani tomoşa qiliş bepul.










