Bugun, 28 mart kuni Toşkent şahar hokimiyatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni böyiça poytaxtda amalga oşirilayotgan işlardan aholini boxabar qilişga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda "Mahalla" xayriya jamoat fondi Toşkent şahar bölimi boşqaruvi raisi Ğulomov Axror Aminoviç sözga çiqdi. 

"Kun.uz" muxbirining xabar berişiça, tadbirda 100 dan ortiq me'yoriy-huquqiy hujjatlarda fuqarolar özini özi boşqariş organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi iştiroki öz aksini topgani ta'kidlangan. 

Birgina sönggi 5 yilda sohaga oid 2 ta qonun, 20 ga yaqin me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Şuningdek tizimda faoliyat körsatayotgan xodimlarning malakasini oşiriş böyiça öquv kurslari hamda "Mahalla" teleradiokanali taşkil etildi. 

Ötgan yili may-iyun oylarida ötkazilgan saylovlarda mahallalarning 67 foiziga yangi raislar saylandi. 

Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni mahallaning joylardagi dolzarb masalalarni samarali hal qilişdagi rolini oşiriş, uyuşmaga birlaşiş huquqlarini röyobga çiqariş, moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş hamda davlat va jamoat taşkilotlari bilan özaro hamkorligini yanada rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlarni belgilab berdi. 

Şuningdek mazkur farmon bilan Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini yanada takomillaştirişga doir kompleks çora-tadbirlar Dasturi tasdiqlangan.