UYeFAning sobiq prezidenti, 4 yilga futboldan çetlatilgan Mişel Platini Xalqaro futbol federatsiyalari uyuşmasi (FIFA) amaldorlari bilan kelişib işlamagani uçun ularning qurboniga aylangan. Bu haqda Le Monde xabar yozdi.

Xabar qilinişiça, taşkilot amaldorlari Platiniga qarşi iş boşlanişiga sabab bölgan 2 million frank haqidagi ma'lumotni huquq tartibot organlariga yetkazişgan. Naşr ma'lumotiga köra, ba'zi amaldorlar FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatterdan Platiniga pul tölangani haqidagi qoğozlarni olib, politsiyaga yetkazişgan.

Ma'lumot uçun, Mişel Platini  2007 yildan buyon UYeFAni boşqarib kelgandi. 2011 yilda FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter Mişel Platiniga 2 million Şveytsariya frankini noqonuniy ravişda ötkazib bergani uçun 2015 yilning dekabr oyida 8 yilga har qanday futbol faoliyatidan çetlaştirilgandi.

Keyinçalik uşbu çetlaştiriş 6 yilga qisqartirildi. Şunday söng, Platini Lozannadagi (Şveytsariya) Sport arbitraj sudi (CAS)ga çetlaştiriş muddatini qisqartiriş böyiça apellyatsiya berdi.

Uning apellyatsiyasi qisman qondirildi – diskvalifikatsiya muddati 6 yildan 4 yilgaça, jarima miqdori 80 mingdan 60 ming yevrogaça qisqardi.