UYeFA va FIFA örtasidagi qarama-qarşilik avjiga çiqmoqda – The Telegraph naşri ma’lumotiga köra, yevropaliklar Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti rahbari Janni Infantinoning iste’fosini talab qilmoqda. Ular uşbu mulozimga asl munosabatini yaşirmayapti: bir kun oldin Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi aniq bayonot bergandi.
UYeFA harakatga tayyor
Britaniyalik jurnalistlarga köra, UYeFAdagilar Infantino öz ixtiyori bilan iste’foga çiqişini istaşmoqda. Agar 56 yoşli şveytsariyalik mulozim bu talabdan boş tortadigan bölsa, yevropaliklar uning ketişiga erişişni va unga nisbatan işonçsizlik votumi e’lon qilişni rejalaştirmoqda.
Reglamentga köra, ovoz berişni boşlaş uçun 43 ta assotsiatsiyaning qöllab-quvvatlaşi yetarli, UYeFA esa bu jarayonda töliq tarkibda – 55 ta milliy federatsiya bilan iştirok etişga tayyor.
Yevropaliklar bunga parallel ravişda bölajak saylovlarda Infantinoga qarşi turadigan muxolif nomzod qidirmoqda. Hozirça ikkita variant bor: KONKAKAF rahbari Viktor Montalyani va Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa. Uçinçi ehtimoliy iştirokçi – «PSJ» boş direktori Nosir Al-Hilayfiy – allaqaçon saylovda iştirok etmasligini ma’lum qildi. Nomzodlar röyxati noyabrga qadar şakllantirilişi kerak, saylov esa 2027 yil bahorida ötkaziladi.
«FIFAga işonçni qaytariş endi boşlanmoqda»
Aslida The Telegraph insaydlarining köp qismi yangilik emas. UYeFA ançadan buyon Infantino bilan oşkora yovlaşmoqda – 1 avgust kuni ittifoq saytida şov-şuvli press-reliz e’lon qilindi, unda yevropaliklar funksionerning «futbolni xususiylaştiriş»ga urinişini oçiqçasiga foş qilişgan.
«Infantino 2016 yilda FIFAga a’zo assotsiatsiyalarga prezidentlik saylovlarida unga işonç bildiriş va qöllab-quvvatlaşni sörab murojaat qilganida, şunday degandi: «Albatta, biz şaffof bölişimiz kerak. Men UYeFAdagi sönggi 15 yillik faoliyatim davomida uşbu tamoyilga amal qildim. Buni har kuni FIFAda ham qiliş kerak»... Lekin u va’dasining ustidan çiqmadi. U ötkazişga uringan noaniq, parda ortidagi kelişuv – istalgan narsa bölişi mumkin, lekin şaffof emasligi aniq», – deyiladi bayonotda.
Janni moliya işlarini yetarliça olib bora olmagani uçun ham tanqid qilingan.
«Zaxirada 5 milliard dollardan ortiq mablağ borligiga qaramay, u assotsiatsiyalar pullarini öyin manfaati uçun işlatmadi. UYeFA zudlik bilan butun dunyo böylab va futbolning barça sohalaridagi hamkorlar va manfaatdor tomonlar bilan mavjud FIFA Forward dasturi orqali resurslarni taqsimlaşning yangi usulini taklif qiliş uçun iş boşlaydi.


















