Şotlandiya assambleyasi (parlamenti) kutilgandek, mamlakatning birinçi vaziri Nikola Sterjyenning Buyuk Britaniya tarkibidan çiqiş böyiça yangi referendum ötkaziş ğoyasini qöllab-quvvatladi.
Sterjyen boşçiligidagi Şotlandiya milliy partiyasi deputatlari "yaşillar" kömagida uşbu masala böyiça zarur miqdordagi köpçilik ovoz töplaganlar. Şu tariqa partiya Buyuk Britaniya parlamentiga referendum ötkazilişi haqida rasmiy sörov beriş huquqini oldi.
Yangi referendum ötkazilişi ğoyasini 69 deputat qöllab-quvvatlagan, 59 deputat unga qarşi çiqqan. Deputatlar şuningdek Sterjyen tomondan taklif qilingan referendumni ötkaziş jadvalini ma'qullaşdi. Unga köra, referendum 2018 yil kuzidan 2019 yil bahorigaça ötkaziladi.
Ötgan yil Şotlandiya Buyuk Britaniyadan farqli ölaroq, Yevropa Ittifoqidan çiqişga qarşi çiqqandi. Sterjyen Buyuk Britaniya hukumati tomondan şotlandiyaliklar manfaatlarini hisobga olişga urinişni körmayotganini va şu sababli mustaqillik böyiça yangi referendum ötkazilişiga erişişini aytgan.












