Qozoğiston hukumati respublikani Markaziy Osiyodagi iqtisodiy ösiş va barqarorlik markaziga aylantirmoqçi. Bunda mintaqa davlatlari örtasidagi munosabatlarda teng huquqlilik va özaro manfaatli hamkorlik prinsipiga amal qilinadi, deya ma'lum qildi Qozoğiston taşqi işlar vaziri Qayrat Abdraxmanov.

Qozoğiston TIV matbuot xizmatining xabar berişiça, Abdraxmanov 28-29 mart kunlari Parijga amaliy taşrif bilan bordi. Taşrifning asosiy tadbiriga Fransiya, Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston taşqi siyosat idoralari rahbarlarining Fransiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan qöşma uçraşuvi aylandi.

"Biz Qozoğistonni mintaqadagi iqtisodiy ösiş va barqarorlik markaziga aylantiriş tarafdorimiz hamda fransiyalik döstlarimiz va mintaqa böyiça qöşnilarimiz bilan keng hamkorlik uçun oçiqmiz", - deya aytib ötdi vazir tadbirda çiqiş qilib.

U Qozoğiston Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi munosabatlarda teng huquqlilik va özaro manfaatli hamkorlik prinsiplariga rioya etişiga e'tibor qaratdi. "Biz sönggi vaqtlarda mintaqamiz rivojida kuzatilayotgan ijobiy holatlardan xursandmiz. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi munosabatlarda hal qilinmaydigan muammolar yöqligini yana bir karra isbotlaydi", - deya ta'kidlab ötdi Abdraxmanov.

Qozoğiston TIV rahbarining işonç bildirişiça, Markaziy Osiyoda tinçlik, xavfsizlik, hamkorlik va rivojlanişning mintaqaviy modeli taşkil etilişi mumkin. Bunda barça davlatlar manfaati hisobga olinadi.

Abdraxmanov yuqori darajadagi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo Muloqoti muhim örin tutişini tasdiqladi.