2017 yil 21 mart kuni özini Murodova Oygul deb taniştirgan şaxs 102 raqamiga yaşirin raqamdan qönğiroq qilib, «Samarqand darvoza» savdo majmuasida qora kiyimda bölgan notaniş şaxslar supermarketga bomba qöyiş kerakligi haqida gaplaşayotganini xabar bergan. Bu haqda Toşkent IIBB tomonidan OAV uçun taşkil etilgan haftalik brifing vaqtida ma'lum qilingan.

Mazkur xabar kelib tuşgaç, Toşkent şahar IIBBning tegişli tizimlari tezkor tadbir amalga oşirgan va tadbir davomida mazkur xabar yolğon ekani ma'lum bölgan.

Uşbu yolğon xabarni yetkazgan şaxs aslida Murodova Oygul emasligi, u 1998 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan Isabekova A. ekani aniqlangan va u qölga olingan.

Tergovda aniqlanişiça, Isabekova 102 raqamiga yolğon xabar berişdan avval Matiz avtomaşinasiga yölovçi sifatida ötirib, haydovçining telefonini öğirlagan. U aynan şu telefondan 102 raqamiga qönğiroq qilgan.

Öğirlik holati yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi birinçi qismi böyiça jinoiy iş qözğatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Şuningdek, uşbu fuqaroga nisbatan yolğon xabar bergani va davlatga yetkazgan zarari yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan ayblov e'lon qilinadi.