Dubay amirining öğli va valiahd Hamdon ibn Muhammad Al-Maktum sahroda qumlar orasiga botib qolgan yuk maşinasi haydovçisiga yordam körsatdi. Valiahdning Instagram tarmoği orqali taqdim etilgan videosi tört kun içida 54 ming martadan ortiq körildi. 

Hamdon özining Mercedes-Benz'iga tros ulab, maşinani oldinga torta boşladi. Tros bir neça marta uzilib ketdi, lekin oxir-oqibat yuk maşinasini "qum tuzoq"dan olib çiqişga muvaffaq bölindi. 

Hamdon ibn Muhammad Al-Maktum - Dubay amiri Muhammad ibn Raşid Al-Maktumning öğli. U 2008 yildan buyon Dubay valiahdi hisoblanadi. Hamdon xayriya işlariga köp vaqt va mablağ sarflaydi. Şahzoda dunyoning eng havas qilgulik böydoqlaridan biri sifatida e'tirof etiladi.