Tesla kompaniyasi Gigafactory zavodi qurilişi haqidagi ma'lumotlar bilan bölişişda davom etmoqda. Kuni-keça zavod qurilayotgan joydan olingan 2 ta yangi surat çop etildi. Suratlardan qurilişning jadal sur'atlar bilan borayotganini köriş mumkin. 

Zavoddagi barça işlab çiqariş xonalarining umumiy maydoni 456 ming kvadrat metrni taşkil qiladi. Korxonada 6 mingga yaqin kişi işlaydi.

Kompaniya zavodni elektr energiya bilan mustaqil ta'minlamoqçi. Buning uçun zavod tomi töliq quyoş batareyalari bilan qoplab çiqiladi. Şuningdek, zavod perimetri böyiça qöşimça quyoş panellari örnatiladi. Bu panellar beradigan umumiy elektr energiya miqdori 70 MVt ni taşkil qiladi. 

Zavod özini suv bilan ham mustaqil ta'minlaşni rejalaştirmoqda. Bu maqsadda uning hududida yopiq suv ta'minoti tizimi quriladi. Bu tizim evaziga zavod 6 ta tozalaş darajasidan ötgan suv oladi va şu tariqa işlab çiqariş uçun zarur böladigan çuçuk suvning 80 foizini tejaydi. Kelajakda elektr energiyani samarali tejaşga imkon beruvçi zamonaviy iqlim nazorati tizimini örnatiş rejalaştirilgan. 

Kompaniya vakillari zavod 2020 yilgaça töliq quvvat bilan işga tuşişiga umid qilişmoqda. Şunda zavod Tesla elektromobillariga batareyalar va Powerwall akkumulyatorlari işlab çiqara boşlaydi.