Tesla Ostin şahrida haydovçisiz Cybercab avtomobilining yopiq taqdimotini ötkazdi. Bu brend ilk bor 2024-yilda namoyiş etgan ikki örinli elektromobildir.

Maşina «çayka qanoti» uslubidagi eşiklar va avtonom harakatlaniş uçun sakkizta kamera bilan jihozlangan. Şu bilan birga, unda anʼanaviy boşqaruv vositalari - rul çambaragi, pedallar va yon közgu oynalari mavjud emas. Şuningdek, Tesla qator raqobatçilari qöllaydigan radar va lidardan voz keçgan.

347885116594688
Reuters

Tesla maʼlumotlariga köra, Cybercab allaqaçon Robotaxi xizmati doirasida sinovdan ötkazilmoqda. Texasda şunday 45 ta avtomobil röyxatga olingan, biroq kompaniya hozirça ularning qançasi tijoriy qatnovlarga jalb etilişiga aniqlik kiritmagan.

Ayni vaqtda Tesla Model Y bazasidagi robotaksilarni rivojlantirişda davom etmoqda. Robotaxi Tracker maʼlumotlariga köra, kompaniya oltita şaharda haydovçining doimiy nazoratisiz jami 256 ta avtonom avtomobildan foydalanadi. Taqqoslaş uçun, Waymo 14 ta şaharda 4 mingga yaqin maşinani işlatadi.

347885145764380
Reuters

Cybercab’ning seriyali sotuvi hali boşlanmadi. Avvalroq, kompaniya egasi Ilon Mask avtomobil narxi taxminan 30 ming dollar bölişi mumkinligini aytgan edi, biroq Tesla hozirgaça uning bozorga çiqiş sanasini eʼlon qilmadi.

Cybercab 219 ot kuçiga ega doimiy magnitli bitta elektr motor va old uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Batareya siğimi - 48 kVt·soat. Taksi bir quvvatlanişda 673 km gaça masofani bosib öta oladi.