Buyuk britaniyalik keksa yoşli ayol turmuş örtoği vafot etganidan tört daqiqa ötib hayotdan köz yumdi. Ular birgalikda 70 yil hayot keçirişgandi, deb xabar beradi The Telegraph.
Ölim yuz bergan paytda er va xotin turli joylarda bölgan: 93 yoşli Uilf Rassell “aqli zaiflik” taşxisi tufayli Lesterşir grafligidagi qariyalar uyida yaşagan bölsa, 91 yoşli Vera Rassell joriy yilning yanvaridan beri kasalxonada bölgan.
Ularning qarindoşlari sözlariga köra, ayolning soğliği turmuş örtoği uçraşuvlar davomida uni tanimay qöyganidan söng keskin ravişda yomonlaşgan.
Uilf 29 mart kuni mahalliy vaqt bilan 6:50da qariyalar uyida vafot etgan bölsa, Vera undan taxminan beş kilometr uzoqlikda, Lester Qirollik kasalxonasida 6:54da hayotdan köz yumgan. U eri vafot etganini bilmagani aytilmoqda.
Xabarda aytilişiça, ular 1945 yilning 5 sentabr kuni – Ikkinçi jahon uruşi tugaşi bilan oila qurişgan.












