Karate böyiça Özbekiston terma jamoasi a'zosi Sadriddin Saymatov Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida bölib ötgan “Premer-liga Karate 1-2017” nufuzli xalqaro turnirida ham oltin medalga sazovor bölib, Premer Liganing ketma-ket uçta bosqiçida zafar quçişni uddaladi. 31 mart - 2 aprel kunlari bölib ötgan mazkur musobaqada dunyoning 76 mamlakatidan 900 nafarga yaqin sportçilar iştirok etişdi. 

60 kg vazn toifasida kumite bahslarida iştirok etgan hamyurtimiz finalga qadar David Gçebugava (Gruziya), Behnaman Mahzavi (Eron), Daniel Barkinda (Şvetsiya), Stepan Yefimenko (Rossiya), Angelo Krementso (Italiya) va Samdan Eray (Turkiya)larni mağlub etgandi. Hal qiluvçi bahsda esa Sadriddinga turkiyalik yana bir sportçi Aykut Kayya röbaro‘ keldi. Final uçraşuvida raqibini 8:5 hisobida mağlub etgan Sadriddin Saymatov oltin medalni qölga kiritib, musobaqa ğolibiga aylandi. Uşbu vazn toifasida bronza medallari eronlik Amir Mahdizoda va turkiyalik Samdan Eraylarga nasib qildi. 

E'tiborli jihati, 19 yoşli Sadriddin Saymatov özining bu natijasi bilan “Premer Liga Karate 1-2017” turnirida ketma ket uçinçi oltin medalni qölga kiritdi. Bunga qadar u yil boşidan beri Parij va Rotterdam şaharlarida ötkazilgan Premer Liga bosqiçlarida ham birinçi örinni egallagandi.