Sankt-Peterburg metrosidagi portlaş şaharga mamlakat prezidenti Vladimir Putin kelgan kunda röy berdi. Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildiki, uşbu tasodif maxsus xizmatlar tomonidan yaxşilab tahlil qilinmoği kerak.
«Aniqki, bu terroristik akt şaharda davlat rahbari bölib turgan vaqtda röy bergani diqqatni tortadi va bu haqda öylaşga undaydi. Buni maxsus xizmatlar yaxşilab tahlil qilişi kerak.
Mamlakatda sodir etilgan istalgan terroristik harakat har bir rossiyalik qatori prezidentga qarşi qaratilgan böladi», - degan Peskov.
Portlaşdan keyinoq Davlat dumasining sobiq deputati va zaxiradagi FSB ofitseri Gennadiy Gudkov Bi-bi-si uçun bergan intervyusida teraktni Vladimir Putin şaharga kelgani bilan boğlagandi.
3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining «Texnologiya instituti» bekatiga «Sennaya ploşçad» bekatidan kirib kelgan poyezdda portlaş sodir böldi.
Keyinroq «Ploşçad Vosstaniya» bekatida yana bir portlovçi qurilma topildi - xabarlarga köra bu bombaning quvvati vagonda portlaganidan ança köproq bölgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, portlaş oqibatida 14 kişi halok bölgan, 49 kişi jarohatlangan holda şifoxonaga yetkazilgan.
Vladimir Putin portlaş vaqtida Sankt-Peterburg şahri yaqinida Strelneda Umumrossiya milliy fronti media-forumida iştirok etayotgandi.
Şu kuni u Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşdi.
Putin Peterburg metrosidagi portlaş qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Ayni vaqtga kelib Qirğizistonda tuğilgan, 22 yoşda bölgan Akbarjon Jalilov uşbu terakt ijroçisi bölgani rasman ma'lum qilindi.












