Rossiya Tergov qömitasi rasman ma'lum qildiki, Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ijroçisi Akbarjon Jalilovdir.
«Tergovda Sankt-Peterburg metrosidagi vagonda özini portlatgan terrorçi şaxsini aniqladi. U 01.04.1995 sanada tuğilgan Akbarjon Jalilov bölib çiqdi», — deyilgan qömita tarqatgan press-relizda.
Qömita ma'lumotida «Ploşçad Vosstaniya» bekatida aniqlangan va zararsizlantirilgan bomba ham Jalilov tomonidan qoldirib ketilgani tasdiqlangan.
«Ekspert-kriminalistlar «Ploşçad Vosstaniya» bekatida topilgan va içida portlovçi qurilma bölgan sumkada Jalilovning barmoq izlari borligini aniqladi», — deyilgan ma'lumotnomada.
3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining «Texnologiya instituti» bekatiga «Sennaya ploşçad» bekatidan kirib kelgan poyezdda portlaş sodir böldi. Yana bir bomba «Ploşçad Vosstaniya» bekatiga örnatilgandi. Portlaş oqibatida halok bölganlar soni 14 nafarni taşkil qildi, 49 kişi jarohatlandi.
Peterburg terakti ijroçiligida gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilovning suratlari e'lon qilindi

















