3 aprel kuni Angliya premer-ligasining 31-turidan örin olgan uçraşuvlarga start beriladi. Tribuna.Uz dunyoning eng tomoşabop çempionati öyinlari bilan taniştirişda davom etadi.

Byornli - Stok Siti (3 aprel, Toşkent vaqti bilan 23:45)

Uçraşuvga oid qiziqarli faktlar
- «Byornli» «Stok Siti»ga qarşi premer-liga doirasdagi sönggi beşta uçraşuvning faqat bittasida ğalaba qozongan (2D, 2M).
- dekabrda Stokda bölib ötgan uçraşuvda mezbonlar 2:0 hisobida ğalaba qozongan, agar bu uçraşuvda «Stok Siti» ğalaba qozonsa, premer-liga tarixida ilk marta «Byornli»ni ikkita uçraşuvda ham mağlubiyatga uçratgan böladi.
- «Stok» liga debyutantiga qarşi sönggi 9 uçraşuvdan buyon mağlubiyatga uçramayapti. (4Ğ, 5D). Sönggi marta jamoa 2014 yilning yanvarida «Kristal Pelas»ga 1:0 hisobida yutqazgan.
- Premer-liga doirasida ikki jamoa örtasidagi uçraşuvlarda kiritilgan sönggi 9ta golning 8tasi birinçi bölimda urilgan.

Yöqotişlar
«Byornli» yangi jarohat olgan futbolçilar yöq. «Stok Siti»da esa Piter Krauç tizzasidan jarohat olgani sabab uçraşuvda maydonga tuşa olmaydi. Çerdan Şaqiri maşğulotlarda iştirok etişiga qaramay bu uçraşuvda maydonga tuşişi söroq ostida qolmoqda. Jyeff Kemeron esa safga qaytişga tayyor.

Uotford - Vest Bromviç (3 aprel, 23:45) 

Qiziqarli faktlar
- «Uotford» «Vest Bromviç»ga qarşi öz uyidagi uçraşuvlarda 1994 yilning noyabridan buyon (1:0), ğalaba qozona olmayapti — 8 uçraşuv, 4 durang, 4mağlubiyat.
- «Vest Bromviç» joriy mavsumda hozirda APLning 9 örnidan pastda bölgan jamoalarga qarşi 16 öyinning faqatgina 2tasida mağlubiyatga uçragan (9Ğ, 5D).
- Troy Dini bugun maydonga tuşsa, «Uotford» tarkibida ketma-ket törtta uçraşuvda gol urgan birinçi futbolçiga aylanişi mumkin.

Yöqotişlar
«Uotford»da Yunus Kabul, Valon Behrami, Kristian Kabasele va Ben Uotson jarohati sabab uçraşuvni ötkazib yuboradi. Troy Dini «Sanderlend»ga qarşi uçraşuvda yengil jarohat olgani bois bu uçraşuvda zaxirada qolişi ham mumkin. Sebastyan Pryodlda ham vaziyat şunday. Futbolçi jarohatdan qutulgan bölsada, maydonga tuşişga töliq tayyor emas. «Vest Bromviç»da Mett Fillips safga qaytişi kutilmoqda.

Lester - Sanderlend (3 aprel, 23:45)

Uçraşuvga oid qiziqarli faktlar
- «Lester» Premer-liga doirasidagi uçraşuvlarda heç qaçon «Sanderlend»dan mağlubiyatga uçramagan — 10 uçraşuv 4 ğalaba, 6 durang.
- Şunga qaramay, «King Pauer» stadioniga (barça musobaqalarni qöşib hisoblaganda) sönggi tört taşrifidan 2tasida ğalaba qozongan (1D, 1M).
- Jyeymi Vardi Premer-liga doirasidagi uçraşuvlarda «Sanderlend» darvozasiga 3ta gol kiritgan - Jyeymi faqatgina «Liverpul»ga undan köproq (5ta) gol urgan.
- Jyermeyn Defo Premer-ligada «Lesterga qarşi sönggi beşta uçraşuvning 4tasida gol urgan.

Yöqotişlar
«Lester» tarkibida Ues Morgan va Nempalis Mendi jarohati sabab maydonga tuşa olmaydi. Mark Olbrayton safga qaytişga tayyor. «Sanderlend» hujumçisi Jyermeyn Defo yakşanba kungi maşğulotlarda iştirok etmadi va bu uçraşuvda ham maydonga tuşişi söroq ostida qolmoqda.

Mançester Yunayted – Everton (3 aprel, 23:59, UzReport, Matç! Futbol 1)

Öyin oldi qiziqarli faktlar
- «Mançester Yunayted» «Everton»ga qarşi Premer-liga uçraşuvlarida 33 marta ğalaba qozongan. Bu bitta jamoa ustidan köp ğalaba qozoniş böyiça ikinçi eng yaxşi körsatkiç sanaladi.
- «Mançester Yunayted» Premer-liga doirasidagi «Everton»ga qarşi öz uyidagi sönggi 23 uçraşuvning faqat bittasida mağlubiyatga uçragan (18Ğ, 4D). Bu mağlubiyat (0:1) 2013 yilning dekabrida qayd qilingan.
- Ronald Kuman «Old Trafford»da sönggi uç uçraşuvning barçasida ğalaba qozongan ilk murabbiyga aylanişi mumkin.
- Romelu Lukaku TOP-6likdagi jamoalarga qarşi 8ta uçraşuvda 3ta gol kiritgan. Taqqoslaş uçun pastki örindagi jamoalarga qarşi 21 uçraşuvda 18ta gol urgan.

Yöqotişlar
«Mançester Yunayted» tarkibida Zlatan Ibrahimoviç va Ander Errera diskvalifikatsiya muddatini ötab safga qaytadi, ammo Pol Pogbaning maydonga tuşişi söroq ostida qolmoqda. Şuningdek Fil Jons (oyoq), Kris Smolling (tizza) va Xuan Mata (çov) jarohati sabab bu öyinda maydonga tuşa olmaydi.

«Everton» tarkibida Aaron Lennon (muşaklar), Morgan Şnayderlin (son qismi), Jyeyms Makkarti (tizzaosti paylari) maydonga tuşa olmaydi. oyoğini sindirib olgan Şeymus Koulmennini yaqin orada maydonda körmasligimiz aniq. Bundan taşqari Ramiro Funes Mori va Yanik Bolazining ikkalasi ham tizzasidan olgan jarohati sabab bu uçraşuvni ötkazib yuboradi.