«Mançester Siti» klubi haqida
1880-yilda taşkil etilgan «Mançester Siti» Angliya Premyer-ligasining eng köp sovrin yutgan klublaridan biri, maʼlum vaqtdan beri esa eng boy klublaridan biri hisoblanadi. 2008-yilda klub Şayx Mansur ibn Zoid Ol Nahayon boşçiligidagi Abu Dhabi United Group (BAA) investitsiya guruhi tomonidan sotib olingan. Şundan beri «Mançester Siti» sakkiz marta Premyer-liga, tört marta Angliya kubogi, yetti marta Liga kubogi va bir marta UEFA Çempionlar ligasida ğolib böldi.

Sönggi 10 yil davomida klub boş murabbiyi ispaniyalik Xosep Gvardiola böldi, u 2025/26-yilgi mavsumda 1,92 million yevro oylik maoş bilan eng köp haq tölanadigan APL murabbiylari reytingida birinçi örinni egallagan. 2025/26-yilgi mavsum yakunida Gvardiola klubni tark etdi va uning yordamçisi sifatida işlagan italiyalik Enso Mareska boş murabbiy böldi. Transfermarkt maʼlumotlariga köra, 2026-yil yozidagi sönggi transfer oynasida «Mançester Siti» yangi futbolçilarni xarid qiliş uçun 526,2 million yevro sarfladi va «Liverpul»ning 2025-yilda örnatgan rekordini (483 million yevro) yangiladi.
«Mançester Siti» nimada ayblanmoqda?
29-sentabr kuni Angliya Premyer-ligasining mustaqil nazorat komissiyasi «Mançester Siti»ga nisbatan tergovni yakunladi va öz hukmini çiqardi: klub bir neça mavsum davomida - 2009-2018 yillar oraliğida APL moliyaviy qoidalarini muntazam ravişda buzganlikda aybdor deb topildi.
Klub «moliyaviy qoidalarga rioya qiliş körinişini yaratiş» uçun 900 million funt sterlingdan (taxminan 1,19 milliard dollar) ortiq soxta tölovlarni amalga oşirganlikda foş etildi. Komissiya hisob-kitoblariga köra, «Siti» daromadlarini 855,2 million funt sterlingga oşirib körsatgan va xarajatlarini 66,2 million funtga kamaytirib körsatgan, bu esa APL va UEFA tomonidan belgilangan çeklovlarni sezilarli darajada buziş hisoblanadi.
Buning oqibatida «Siti» notöğri moliyaviy hisobotlarni taqdim etgan va asl holatni öz auditorlari hamda futbol regulyatorlaridan yaşirgan - xususan, Premyer-liga qoidalarini çetlab ötiş maqsadida.
Bundan taşqari, komissiya klub «APL tergovini töxtatiş va barbod qiliş uçun özaro kelişilgan saʼy-harakatlarni amalga oşirgan» degan xulosaga keldi. 115 banddan iborat yakuniy ayblov röyxatidan faqat bittasi - tergov doirasida hamkorlik qilişdan boş tortişga oid band çiqarib taşlandi.














