Endi «Siti» oçkolardan mahrum bölişi, bir neçta transfer oynasi vaqtida taqiqqa uçraşi va eng yomon holatda Angliya yuqori divizionidan badarğa qilinişi mumkin. Bir vaqtlar «Yuventus» bilan bölgani kabi. Işoning, hozirgi «Siti»ning ahvoli Kalçapoli davridagi «Yuve»nikidan yaxşi emas. Quyida «Siti» nimalarda ayblanayotganiga töxtalamiz.
1 milliard yevrolik yolğon
Futbol azaldan milliardlar öyini, eng tomoşabop sport böliş barobarida ulkan biznes, katta pul manbai va ajoyib piar vositasi bölib kelgan. Ötgan dekadada ayniqsa boy insonlar futbol orqali tilga tuşişni odat qilib, bu ajoyib öyindan özini yaxşi qilib körsatadigan «yumşoq kuç» sifatida foydalana boşladi. Bizda ham viloyat hokimlari mahalliy klubga byudjetdan aql bovar qilmas katta pullarni berib, xalq orasida obrösini oşirib oliş holatlari köp uçragan, bunga önlab misol keltiriş mumkin.
Yevropaliklar uçun osiyolik boyvaççalar qitʼaning katta klublariga oldi-orqasiga qaramay pul soçib, raqobatda boşqalardan ustun bölib ketişi jiddiy muammo sifatida körindi va UEFA moliyaviy feyr-pley degan qoidani öylab topdi. Yaʼni klublarga pul tikiş çeklanmaydi, faqat daromad xarajatdan köproq bölişi kerak. Ajoyib qoida, six ham kuymaydi, kabob ham.
Lekin osiyolik boyvaççalar ham anoyi emas, moliyaviy çeklovlarni yengib ötişda osiyoliklarga yetadigani yöq axir! Masalan, eng zör futbolçilar 80-90 million yevro bölib turganda, bozorni tözitib, Neymarni 222 million yevroga sotib olişadi. Neymarga katta maoş taklif qilişgani uçun yarmini klubdan, qolganini «Qatar turizm elçisi bölgani uçun» berişadi. Roberto Mançini «Siti»dagi maoşidan ham köproq pulni göyoki BAAning «Al Jazira» klubida «maslahatçi bölgani uçun» oladi.
Juda taniş sxema, şunday emasmi? Lekin Yevropa uçun bu qabul qilib bölmas firibgarlik, demokratiya anʼanalariga zid ğirromlik. PSJ va «Man Siti» misolida muxlislar moliyaviy feyr-pley buzilayotganini heç qanday suriştiruvsiz körib turişar, arab boyvaççalar esa yevropalik qonun himoyaçilariga mazax qilgandek kulib qöyaverişardi.
Lekin ular «yemoqning qusmoği borligini» unutişdi. Mana, öşa kun keldi. Futbolda pul raqobatga putur yetkazmasligi kerak degan qoida işladi. Endi «Siti» 9 yil içidagi barça sovrinlardan mahrum qilinişi mumkin. Agar arablar şu mojarodan ham çiqib ketmasa. Axir korrupsiyaga moyil, şuurida jinoiy pullar orzusi yaşovçi odamlar içida «pul hal qilolmagan narsalarni katta pul hal qiladi» degan jinoiy ibora bekorga tarqalmagan.















