2017 yilning 4 aprel kuni Özbekiston boş vaziri örinbosari Ğulomjon Ibragimov “Gazprom” boşqaruvi raisi Aleksey Miller bilan Moskvada uçraşuv ötkazdi. Bu haqda “Gazprom” matbuot xizmati xabar berdi.

Ğulomjon Ibragimov va Aleksey Miller Özbekiston hamda “Gazprom” örtasida gaz sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilişdi.

Xususan, tomonlar “Gazprom” tomonidan Özbekiston gazini sotib oliş böyiça masalalarni muhokama qilişgan. Şuningdek Özbekistonda “Özbekneftegaz” MXK va “Gazprom” tomonidan geologiya-qidiruv işlarini ötkaziş böyiça masalalar ham körib çiqildi.

Boş vazir örinbosari Ğulomjon Ibragimov “Gazprom” Markaziy dispetçerligiga ham taşrif buyurdi hamda Rossiyani gaz bilan ta'minlaşning Yagona tizimi işi bilan tanişdi.