Tahririyatga respublikaning turli çekkalarida istiqomat qilayotgan odamlardan gaz ballonlari bilan boğliq muammolar haqida murojaatlar kelib tuşdi. Viloyatlarga bölgan safarlar davomida ham mazkur muammolarga şaxsan duç kelindi. 

Şu sababdan Kun.uz “Öztransgaz” AK boşqaruvi raisiga qator savollar bilan murojaat qildi. Savollardan biri gaz ballonlari yetkazilayotgan hududlarda tabiiy gaz ötkazilişi bilan boğliq böldi. 

Javob xatida aytilişiça, “bugungi kunda maişiy gaz ballonlar bilan ta'minlangan, tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlarga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi, ularga suyultirilgan gaz yetkazib berilişi yölga qöyilgan”.

Bundan taşqari, javob xatiga köra, suyultirilgan gaz bilan ta'minlanayotgan aholi xonadonlari ehtiyoji uçun maişiy gaz ballonlar hududlardagi gaz ta'minoti korxonalari va ularning tuman (şahar) gazta'minoti filiallari tomonidan örnatilgan tartibda şartnoma asosida foydalaniş uçun yetkazib beriladi. Uşbu işlar uçun mas'ullik filiallarning suyultirilgan gaz ta'minoti böyiça xodimlari zimmasiga yuklatilgan.

Gaz ballonlari barça fuqarolarga beriladimi yoki faqat kam ta'minlangan oilalargami, degan savolga şunday javob qaytarildi: “Aholi xonadonlariga maişiy gaz ballon vaqtinça foydalanişga beriş, birinçi navbatda, tabiiy gaz yetkazib beriş tanqis bölgan hududlardagi tabiiy gaz ta'minotidan suyultirilgan gaz ta'minotiga moslaştirilgan xonadonlarga beriladi. Uşbu iste'moçilar ehtiyoji töliq qoplangandan söng, boşqa suyultirilgan gaz bilan gazlaşgan aholi xonadonlarining talab va ehtiyoji asosida yetkazib beriladi. Maişiy gaz balonni vaqtinça foydalanişga beriş şartnoma asosida amalga oşiriladi”.

Aniqlik kiritilişiça, aholi iste'molçilari uçun suyultirilgan gaz narxi Qoraqalpoğiston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyatlar moliya boşqarmalari tomonidan belgilangan narxlarda (suyultirilgan gazni işlab çiqariş zavodlaridan taşib keltiriş, gaz ballonlarga töldiriş, aholi xonadonlariga yetkazib berişdagi barça avtotransport va boşqa xarajatlar hisobidan kelib çiqib belgilanadi) amalga oşiriladi. Şu sababli suyultirilgan gaz narxi har bir hududda alohida belgilanadi.

Jumladan, 1 kg. suyultirilgan gaz narxi “Janubgazta'minot” UKda (Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlari) 327,6 söm, “Ğarbgazta'minot” UKda (Buxoro, Navoiy) 450,0 söm, “Markazgazta'minot” UKda (Samarqand, Jizzax, Sirdaryo) 372,0 söm, “Toşkentgazta'minot” UKda (Toşkent viloyati) 606,0 söm, “Vodiygazta'minot” UKda (Farğona, Andijon, Namangan viloyatlari) 644,7 söm, “Şimolgazta'minot” UKda (Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyati) 720,0 söm qilib belgilangan.

Aholini suyultirilgan gaz bilan ta'minlaş muddati qança? Murojaatlarga köra, ayrim viloyatlarda 1-1,5 oyda töldirib berişayotgan bölsa, boşqa joylarda esa 2 oyda. Har safar har xil deb maktub yuborayotgan fuqarolar ham bor. Bunga esa şunday javob qaytarildi: “Kompaniyamiz tomonidan hududlardagi aholi ehtiyojidan kelib çiqib, har yili Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligiga talabnoma kiritiladi. Iqtisodiyot vazirligi öz navbatida respublikadagi mavjud suyultirilgan gaz işlab çiqaruvçi zavodlarning quvvatlari va mavjud resurslardan kelib çiqib, aholi iste'molçilari uçun arzonlaştirilgan narxda suyultirilgan gaz hajmlarini ajratadi. Kompaniya uşbu ajratilgan suyultirilgan gaz hajmlarini Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar kesimida hududlardagi aholi iste'molçilari sonidan kelib çiqib taqsimlab beradi. Ajratilgan suyultirilgan gaz miqdorlari hududlardagi gaz ta'minot korxonalari va boşqarmalari tomonidan tuman (şahar)lar kesimida taqsimlanadi, tuman (şahar) gaz filiallari ajratilgan miqdorlar doirasida hududlar böyiça tarqatiş grafiklarini işlab çiqadi hamda mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan holda aholi xonadonlariga yetkazib beriş işlarini amalga oşiradi”. Bundan taşqari, qayd etilişiça, “Öztransgaz” kompaniyasi tomonidan aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz tasdiqlangan jadvallar asosida yetkazib berilişi doimiy nazoratga olingan”.