Gazeta 1-noyabr kuni amerikalik, yevropalik va ukrainalik rasmiylarga tayanib xabar berişiça, AQŞ muzokaraçilari Jared Kuşner va Stiv Uitkoff uşbu ğoyani sentabrda Moskva va Kievga taşriflari davomida muhokama qilgan.

Taklif Rossiya gazini amerikalik vositaçi orqali sotişni nazarda tutadi. Naşrga köra, bunday mexanizm Yevropa sanksiyalarini çetlab ötiş imkonini berişi va amerikalik investorlar uçun daromadli imkoniyatlar yaratişi kutilmoqda.

Vaşington noyabrda Abu-Dabida ötkazilişi rejalaştirilgan AQŞ, Rossiya va Ukraina örtasidagi uç tomonlama muzokaralar oldidan energetika obyektlariga zarba berişni töxtatiş böyiça keng qamrovli kelişuvga erişmoqçi.

WSJ manbalariga köra, AQŞ maʼmuriyati Rossiyaning Yevropa gaz bozoriga qaytişini Vladimir Putinni energetik sulhni qöllab-quvvatlaşga undaydigan qöşimça rağbat sifatida körmoqda. Ukraina esa gazni öz hududidan ötkaziş hisobiga qöşimça tranzit daromadi olişi mumkin.

Amerikalik rasmiylardan birining aytişiça, Oq uy Rossiya gazini Yevropaga sotişdan tuşadigan mablağlarni uçinçi yurisdiksiyadagi maxsus hisobvaraqqa ötkazişni ham taklif qilgan. Bu mexanizm tuşumlarni harbiy maqsadlarda işlatişni çeklaşi közda tutilmoqda.

Biroq taşabbus Yevropada jiddiy qarşilikka uçramoqda. WSJ'ning yozişiça, Yevropa Ittifoqining amaldagi qonunçiligi Rossiya gazi importidan 2027-yil oxirigaça bosqiçma-bosqiç voz keçişni nazarda tutadi. Yevropaning yirik davlatlari rahbarlari ham Rossiya energiya resurslariga yana qaram bölib qolişni istamasligini bir neça bor bildirgan.

Naşr keltirgan maʼlumotlarga köra, Rossiya gazining Yevropa isteʼmolidagi uluşi Ukrainaning keng kölamli bosqini arafasidagi 45 foizdan hozir taxminan 11 foizga tuşgan. Ayni paytda Yevropadagi gaz isteʼmolining qariyb 30 foizi AQŞdan yetkazilayotgan suyultirilgan tabiiy gaz hisobiga taʼminlanmoqda.

Ayrim yevropalik rasmiylar xususiy suhbatlarda muhokama qilinayotgan taklifni keskin tanqid qilgan. Şunga qaramay, Tramp maʼmuriyati Yevropaning amaldagi qarşiligi omma oldidagi bayonotlardagidan yumşoqroq bölişiga umid qilmoqda. Vaşington hisobiça, energiya narxlarining yuqoriligi va taʼminot xavfsizligiga oid xavotirlar Yevropa davlatlarini bunday takliflarga moyilroq qilişi mumkin.