Özbekistonlik yetti nafar boksçi Tailand poytaxti Bangkok şahri mezbonlik qilayotgan Qirol kubogi—2017 musobaqasida iştirok etmoqda.
Özbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining «Kun»ga ma'lum qilişiça, bugun 7 nafar boksçi yarim final janglarida iştirok etgan. Ularning 4 nafari, Hasanboy Döstmatov, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov va Şahram Ğiyosov öz janglarida ğalaba qozongan. Şahobiddin Zoirov, Murod Ahmadaliyev va Jasur Latipov esa bronza medal bilan kifoyalangan.
-49 kg. Hasanboy Döstmatov — Kim Yun Song (Janubiy Koreya) 3:0
-52 kg. Jasur Latipov — Tanes Ongjun (Tailand) 1:2
-56 kg. Şahobiddin Zoirov — Çatçai Butde (Tailand) 1:2
-60 kg. Murod Ahmadaliyev — Somçaya Vongsuvan (Tailand) 1:2
-64 kg. Elnur Abduraimov — Roxit Tokas (Hindiston) 3:0
-69 kg. Şahram Ğiyosov — Txarimalunganom Txulasi (Qatar) 3:0
-75 kg. Isroil Madrimov — Tiraponga Deye (Tailand) 3:0

Final janglari — 8 aprel kuniga belgilangan.
Hasanboy Döstmatovning finaldagi raqibi Hindiston vakili Şiam Kumar Kakara böladi. Elnur Abduraimov Vuttiçai Masuk (Tailand), Şahram Ğiyosov Ahmedov Sadriddin (Qozoğiston), Isroil Madrimov esa Osley Iglesias Estrada (Kuba) bilan bahslaşadi.
Federatsiya vakilining ta'kidlab ötişiça, bu turnir jamoa uçun öquv maşğuloti örnida bölib, bu turnirda Osiyo çempionatiga keladigan raqiblar örganiladi.











