Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Toşkentda Özbekiston taşqi işlar vazirining ikki örinbosari - Anvar Nosirov va Saidikrom Niyozxöjayevga Rossiya TIVning «Xalqaro hamkorlikka qöşgan hissasi uçun» faxriy nişonini topşirdi.
Mukofotlarni topşiriş marosimi MDH Taşqi işlar vazirliklari kengaşi yiğilişi yakunida bölib ötdi.
«Bugun biz MDH TIVK tarkibida juda yaxşi va foydali iş qildik. Yiğiliş Özbekiston respublikasi prezidentining Rossiya Federatsiyasiga taşrifidan keyin bölib ötgani ham öziga xos ramziy ma'noga ega. Biz özbekistonlik döstlarimizning özaro strategik hamkorlik, ittifoqçilikni çuqurlaştirişga intilişlarini sezib turibmiz va biz ham xuddi şu tarzda javob qaytaramiz. Uşbu maqsadlar prezidentlarimiz tomonidan yana bir bor tasdiqlandi
Men Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosarlarining özaro hamkorligimizga qöşgan hissasini qayd etib ötişni istardim. Xalqaro hamkorlikka qöşgan hissalari uçun Anvar Jamoliddinoviç Nosirov va Saidikrom Farhodoviç Niyozxöjayevga vazirligimiz nişonini topşirmoqçiman», — degan Sergey Lavrov.
Lavrov Toşkentda bölib ötgan MDH TIVK yiğilişini «keyingi vaqtlardagi eng muvaffaqiyatli yiğilişlardan biri» sifatida e'tirof etişini bildirdi.
«Moskva sammiti va vazirlarning bugungi uçraşuvida hal qilinişi lozim bölgan barça masalalar muvaffaqiyatli ravişda öz yeçimini topdi», — degan Rossiya TIV rahbari.












