Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Boş vazir Abdulla Aripov rahbarligida viloyatlar, tuman hokimliklari va boşqa tegişli idoralar rahbarlari iştirokida umumiy videoselektor majlis ötkazilgani haqida avval xabar qilingan edi. Majlisda Prezidentning 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2865 son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini sözsiz ta'minlaş masalalari muhokama etildi.
Kun.uz manbasining ma'lum qilişiça, Boş vazir şu munosabat bilan ötkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni yuqori saviyada taşkil etiş kerakligiga alohida urğu berar ekan, bu işlarning barçasi Prezident taşabbusi bilan rejalaştirilayotganini alohida ta'kidlagan. Xususan, ta'lim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi keçalar bölib ötadi. Filmlar namoyiş etiladi. Joylarda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining qahramonliklari, ularning Vatan oldidagi burçlarini sidqidildan ado etganliklarini tarğib qiliş maqsadida tadbirlar taşkil etiladi.
Videoselektor majlisida Özbekiston milliy teleradiokompaniyasiga “Sen yetim emassan”, “1941 yil olmalari”ga öxşagan Ikkinçi jahon uruşi yillarida Özbekiston aholisi körsatgan fidoyiliklarni aks ettiruvçi filmlar röyxatini taqdim etiş vazifasi yuklangan. Ulardan televideniye orqali namoyiş etiladigan kartinalar tanlanadi.
Bundan taşqari, Mustaqillik yillarida xizmat vazifalarini bajariş vaqtida halok bölgan harbiylar, içki işlar va xavfsizlik xizmati xodimlari uylariga ham borilib, ularning yaqinlarining holidan xabar olinadi, marhumlar qabrlari obodonlaştiriladi.
Kun.uz manbasiga köra, respublikadagi 10 mingga yaqin qabristonlar Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan obodonlaştiriladi. Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilaridan 14 nafariga xonadonlar, 173 nafarining uyi ta'mirlab beriladi. 2000dan ziyod kişiga nogironlar aravaçasi bepul taqdim etiladi. Mahalla komissiyalari tomonidan yordamga muhtoj nogironlarga zarurat bölsa ortopedik vositalar (protezlar) taqdim etiladi.











