Prezident raisligida joriy yilning birinçi yarmida erişilgan natijalar va yil yakunigaça qilinadigan işlar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişda olti oy yakuni böyiça sanoat va eksport körsatkiçlari tanqidiy tahlil qilindi.

Birinçi çorak yakunida sanoat rejasiga çiqmagan 13 ta tuman hokimi va eksportni kamaytirgan 15 ta tuman hokimi jazolangan edi. Köpçilik hokimlar bundan xulosa çiqarib, olti oylik prognozlarni bajardi. Lekin ayrim tuman va şaharlarda sanoat ösişi sur’ati pasaygani qayd etildi.

Yangiobod tumanida sanoat ösişi prognoz qilingan 5,7 foiz örniga atigi 1,8 foizni taşkil etdi. Ğozğon şahri, Muzrabot, Qiziriq va Oltiariq tumanlarida ham ösiş sur’ati tuşib ketgan.

Eksport yönalişida ham qator tuman va şaharlarda özgariş bölmagani körsatib ötildi. Xususan, Kasbi, Denov, Toşkent tumani, Jizzax şahri, Paxtaobod, Navoiy şahri, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzaçöl, Yozyovon va Bektemirda işlar susaygani tanqid qilindi.

Boş vazirga uşbu 17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligini bugunning özida körib çiqiş topşirildi.

Töqqiz oy yakunida özgariş bölmasa, viloyat hokimi örinbosarlariga nisbatan ham qat’iy çora körilişi belgilandi.