Turin politexnika universiteti yangi öquv yilida tölov-şartnoma asosida 350 kişini quyidagi mutaxassisliklar böyiça öqişga qabul qiladi:

– «Maşinasozlik texnologiyasi» - 200 kişi;
– «Energetika» - 25 kişi;
– «Sanoat-fuqarolik qurilişi va arxitektura» - 25 kişi;
– «Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimi» - 100 kişi.

Ta'lim muassasasining magistratura bosqiçiga tölov-şartnoma asosida 50 kişi quyidagi mutaxassisliklar böyiça qabul qilinadi:

– «Mexatronika» - 25 kişi;
– «Sanoat marketingi» - 25 kişi;

Turin politexnika universitetiga abituriyentlar qabul qiliş kvotasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 apreldagi «2017/2018 öquv yilida Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetiga qabul töğrisida»gi qarori bilan belgilandi.