Xususan, Toşkent davlat yuridik universitetida bakalavriatning yurisprudensiya va yana uçta yönalişida kunduzgi taʼlim şaklidagi super-kontrakt 269 960 400 söm deb belgilandi.
Termiz davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari yönalişiga qarab 29,6 mln sömdan boşlanadi. Yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar hamda davlat va jamiyat boşqaruvi yönalişlari uçun eng yuqori miqdor – 90 mln söm belgilangan.
Namangan davlat universiteti yönalişga qarab 22,9 mln sömdan 31,9 mln sömgaça bölgan narxlarni belgiladi.
Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida super-kontrakt 22,2 mln sömdan boşlanib, 48,1 mln sömgaça boradi.
Talabgorlar oliygohlarning rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari yoki telefon raqami orqali aniqlik kiritişi mumkin.
Super-kontrakt nima?
Davlat oliygohlariga öqişga kirganlar (şu jumladan, keyinroq oçilgan 6-yönalişga ham) bazaviy tölov-kontrakt asosida tahsil oladi. Bazaviy kontrakt miqdorlari oxirgi marta 2025-yil sentabrda eʼlon qilingan. Joriy öquv yilida bu narxlar özgarişi yoki özgarişsiz qolişi maʼlum emas.
Şu bilan birga, qariyb 100 ta davlat oliygohidan 41 tasiga moliyaviy mustaqillik berilgan bölib, ular kontrakt miqdorini mustaqil belgilaydi.












