Italiyaning Lukka şahri özining zamonaviy tarixida ilk bora yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi. Bugun, 10 aprel kuni unça katta bölmagan şaharda "Katta yettilik" davlatlari taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi boşlanadi. Mazkur anjuman G7 davlat rahbarlarining may oyida Sitsiliyada bölajak sammiti oldidan tayyorgarlik vazifasini ötaydi. 

Uşbu uçraşuvda xalqaro muammolarning barça mavzusi — terrorizmga qarşi kuraşdan KXDR yadro dasturigiça, Ukraina şarqidagi vaziyatdan tortib Liviya muammosigaça muhokama qilinadi. 

Dunyoning yettita yetakçi iqtisodiyotlarining taşqi işlar vazirlaridan taşqari yiğilişda YeI taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça oliy komissari Federika Mogerini ham qatnaşadi. Şu bilan birga, aytiş joizki, jahon OAVning asosiy diqqat-eʼtibori yaqinda vazifasiga kirişgan AQŞ davlat kotibi Reks Tillersonga qaratiladi. U Lukkadagi sammit tugaşi bilan rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar ötkaziş uçun Moskvaga yöl oladi.