World Visualized infografikasi Xalqaro valyuta jamğarmasining World Economic Outlook maʼlumotlari asosida tayyorlangan. Taqqoslaşda iqtisodiyotlar hajmi joriy narxlar va AQŞ dollarida ifodalangan nominal YAIM böyiça baholangan.

Keltirilgan prognozlarga köra, 2026-yilda jahon iqtisodiyoti hajmi taxminan 126,3 trillion dollarga yetadi. Uning qariyb 44 foizi G7, 28 foizi esa mazkur hisobdagi BRICS mamlakatlari hissasiga töğri keladi.

BRICS doirasida Xitoy katta farq bilan yetakçilik qilmoqda. Mamlakatning nominal YAIM 20,85 trillion dollar atrofida bölişi kutilmoqda. Bu birlaşma uçun hisoblangan umumiy iqtisodiy hajmning qariyb 60 foizidir.

Ikkinçi örinda Hindiston - uning YAIM taxminan 4,15 trillion dollarga baholangan. Rossiya va Braziliyaning har biri uçun körsatkiç qariyb 2,6 trillion dollarni taşkil etadi.

Infografikada uşbu tört mamlakatdan taşqari Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Janubiy Afrika Respublikasi, Misr, Eron va Efiopiya ham BRICS hisobiga kiritilgan.

«Katta yettilik»da esa AQŞning ustunligi yaqqol körinadi. Uning nominal YAIM 2026-yilda 32,38 trillion dollarga yetişi prognoz qilingan. Bu G7 umumiy iqtisodiyotining qariyb beşdan uç qismini taşkil etadi.

AQŞdan keyin Germaniya turadi - uning iqtisodiyoti 5,45 trillion dollarga baholangan. Keyingi örinlarda Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanada joylaşgan.

Biroq iqtisodiyotlarni xarid qobiliyati pariteti böyiça taqqoslaganda natija özgaradi. Uşbu usul mamlakatlardagi narxlar farqini hisobga oladi: bir xil miqdordagi pul turli davlatlarda qança tovar va xizmat xarid qiliş imkonini berişini inobatga oladi.

Bunday hisobda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining hajmi odatda kattaroq körinadi. Jumladan, Xitoy xarid qobiliyati pariteti böyiça YAIM hajmida AQŞdan oldinda.

Mazkur infografika esa aynan nominal YaIMni taqqoslaydi. Şu sababli valyuta kurslarining özgarişi ham mamlakatlarning dollardagi iqtisodiy hajmiga va reytingdagi örniga sezilarli taʼsir qilişi mumkin.

Keltirilgan raqamlar 2026-yilning yakuniy natijalari emas, prognoz hisoblanadi. Yangi maʼlumotlar kelib tuşişi bilan baholar qayta körib çiqilişi mumkin.