Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 30 iyul – 1 avgust kunlari davlat taşrifi bilan Qirğizistonda böladi.
Bişkek şahrida bölib ötadigan oliy darajadagi muzokaralarda Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi.
Tomonlar özaro savdo hajmini oşiriş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, transport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş hamda madaniy-gumanitar almaşinuvlarni faollaştiriş yuzasidan fikr almaşadilar.
Şuningdek, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham muhokama qilişi rejalaştirilgan.
Sammit yakunlari böyiça Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar töplamini imzolaş közda tutilgan.
Taşrif dasturiga muvofiq, prezident Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarboyjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uçraşuvi hamda boşqa rasmiy tadbirlarda ham iştirok etadi.

















