Pokistonda 2016 yilning martida josuslikda ayblanib, qölga olingan hind razvedkasi xodimi oliy jazoga hukm qilindi. Bu haqida islom respublikasi qurolli kuçlarining matbuot xizmatida xabar berildi.
"Hindiston taşqi razvedkasining josuslikda ayblangan askari Kul Bxaşan Yadav harbiy tribunal tomonidan unga nisbatan qöyilgan barça moddalar böyiça aybdor deb topilib, ölim jazosiga hukm qilindi", - deya ma'lum qildi Pokiston HK rasmiy vakili general-mayor Asif Ğofur. Uning sözlariga köra, sud jarayoni davomida hind tomoni Yadavni topşirişni sörab, bir neça marotaba murojaat qilgan. Ma'lum bölişiça, u - Hindiston taşqi razvedkasining Tadqiqotlar va tahlillar bölimi askari bölgan.
Rasmiy Islomobod ma'lumotlariga köra, Kvetta şahrida qölga olingan Yadav Janubiy Osiyoning bu mamlakati harbiy-dengiz kuçlari kapitani hisoblanadi. Ta'kidlanişiça, hindistonlik askar Pokiston hududida soxta hujjatlar bilan yaşagan va Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlikka oid yirik loyihalardan biri - Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori töğrisidagi ma'lumotlarni töplaş vazifasini bajarib kelgan.
Ma'lum bölişiça, Pokiston maxsus xizmatlari hindistonlik askarning faol harakatlarini bir yildan ziyod vaqt davomida kuzatgan. Uning Belujistondagi separatik guruhlar bilan aloqasi borligi va ularga ma'lumot evaziga yirik pulli mukofotlar bergani aniqlangan.











