70 yil muqaddam, 1947 yilning 12 martida Entso Ferrari özining şarafiga nomlangan ilk avtomobilning ruliga ötirgan edi. U 125 S modeli edi.

Oradan bir neça ön yillar ötgaç Ferrari NV lyuks sinfining jahon brendiga aylanib ulgurgan. Faqatgina ötgan yilning özida ularning daromadi 3,1 mlrd. dollardan oşiqroqni taşkil etdi. Superfast, GTC4 Lusso, 488 GTB, Spider, California, LaFerrari yoki F12 kabi avtomobillarning narxi yuz minglab dollarga baholanadi, quvvati esa 600 ot kuçidan ortiqroq.

Biroq bugun konveyerdan çiqayotgan Ferrari’larning hammasi ham topiniş obekti bölavermaydi. 250 GTO poyga afsonasi bilan baslaşiş qiyin yoki barça Miami Vice öyini orqali köproq taniydigan Ferrari Daytona Spider va Ferrari Testarossa kabi pop-madaniyatning ölmas qismiga aylaniş duşvor. Brendning fanatlari 1990-yillar boşidagi 1984 Ferrari GTO va Ferrari 348 GTBs haqida hanuz orzu qilişadi, barça birdek sevadigan Dino va takrorlanmas Enzos haqida gapirişning özi ortiqça. Keling, Ferrari tarixining eng yorqin sahifalarini birgalikda varaqlab köraylik.

.Entso Ferrari

Entso Ferrari ilk Ferrari 125 S modelining ruliga 1947 yilning 12 martida ötirgan. U maşinada Italiyaning Maranello şahri köçalarini kezadi. Şunday qilib italyan stilini butun dunyoga maşhur qilgan kompaniyaning tarixi boşlanadi.

Ferrari Scuderia Ferrari Grand Prix poyga jamoasining asosçisi hisoblanadi. Ferrari brendi "Formula-1"da 1950 yilda iştirok etadi, şu sababli kompaniyaning keyingi yutuqlari heç kim uçun syurpriz bölmay qoladi. Entso Ferrari 1988 yilning 14 avgustida Maranelloda vafot etadi. U 90 yoşni qarşilagan edi

 

Barça Ferrari’larning otasi

12 silindrli 125 S modeli Piaçentsadagi poygalarda 1947 yilda iştirok etadi. Şu yili u 136 km masofada örtaça tezliknni soatiga 88 km.ga yetkazib, Rim gran-prisini yutadi.

2015 yilda Ferrari NV Yyu-York fonda birjasida qaydga olinadi (NYSE: Ferrari NV [RACE]). 2017 mobynida kompaniyaning 70 yilligiga bağişlangan tadbirlar dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida ötkaziladi. Tadbirlarning ramzi — kişnayotgan ot tuşirilgan maşhur emblema, mavzusi esa — "Hissiyotlarda harakatga keliş".

 

Italyan raketasi

Ferrari Thomassima — juda noyob model. Bor yöği uçta şunday avtomobil işlab çiqarilgan: Thomassima I suv toşqini vaqtida nobud bölgan, Thomassima III Italiyaning Modena şahridagi Ferrari muzeyidan joy olgan. Suratda esa Şimoliy Kaliforniyada xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan Thomassima II tasvirlangan. U 1966 yilda Ferrari 330 P4ga ehtirom sifatida ekspluatatsiyaga kiritilgan.

Ma'lumki, Maserati işlab çiquvçilari uşbu modelning yaratilişida katta xizmat qilişgan. Avtomobilni har ikki kompaniya injyenerlari yaratişgan, çunki Ferrari’ning yetakçi ixtiroçisi Tom Mid ilgari Maserati’ning poyga avtomobillari bölimida işlagan.

 

Nufuz ramzi

Britaniyalik komik Piter Sellers va uning xotini, şved aktrisasi Britt Eklend 1965 yilning oktabrida 400 ot kuçiga ega Ferrari 500 Superfast’ni tomoşa qilişmoqda. Sellers avtomobilni hozirgina Erls-Kort (London) dagi avtosalondan 11,5 ming funt-sterlingga xarid qilgan.

Ferrari Superfast seriyasini 1964 yildan 1966 yilgaça işlab çiqargan va uni 2017 yilda qaytadan işlab çiqarmoqçi. Birinçi seriyada bor-yöği 25 avtomobil bölgan, ikkinçisida esa 12 ta. Ularning aksariyati qirollik oilalari, yuqori martabali şaxslar va Hollivud yulduzlari tomonidan xarid qilingan.

 

Ferrari afsonasi

Laferrari Aperta — 70 yillik yubileyga atalgan çeklangan miqdordagi model hisoblanadi. V12 dvigateli, elektr uzatma va KERS texnologiyasi şarofati bilan avtomobil quvvati 949 ot kuçiga teng.

Bu model texnologiya, unumdorlik, stil va esklyuzivlik borasida Ferrari’ning asosiy qadriyatlarini özida mujassamlaştirgan va sayyoramizdagi eng orzu qilingan avtomobil hisoblanadi. Bu fotosurat 2016 yilgi Parij avtosalonida olingan, ayni paytda işlab çiqarilgan barça avtomobillar sotib bölingan.

 

Bir çimdim rok

Who poses at Tara rok-guruhi barabançisi Kit Mun va uning qizi Amanda Surrey grafligi Çertsi şahridagi öz uyida. Bu fotosurat 1972 yilning okyabrida olingan, unda Mun kolleksiyasidagi boşqa ba'zi avtomobillarni, masalan paçoqlangan Ferrari Dinöni ham köriş mumkin.

Ferrari’ning orqa uzatmaga ega bölgan har qanday sportça avtomobili "Dino" nomi ostida işlab çiqarilar edi, Uning kapoti ostida kamida 12 ta silindr bölib, 1968–1976 yillar oraliğida işlab çiqarilgan.

Garçi Dinöning paydo bölişi sal arzonroq avtomobillar işlab çiqarişga uriniş bölgan bölsa-da, model brend fanatlari içida katta şuhrat qozongan. Ideal şaroitlarda avtomobil Porsche 911’ga raqobat qilişi mumkin edi. Avtomobil Entso Ferrarining 24 yoşida vafot etgan öğli nomiga qöyilgan.

Dino 246 Ferrari’ning nisbatan ommaviy işlab çiqarilgan ilk avtomobili bölgan bunday modeldan 3,5 mingtasi sotilgan.

 

Monakoning dabdabali hayoti

Bu fotosuratda Toni Bruks Monako Gran-prisida Ferrari Dino 246 №50 rulida 1959 yilda Monte Karlo köçalarida sayr qilmoqda. Dinöning 2,4 litr hajmli, 195 ot kuçi quvvatli Dino 246 kabi modellari yuqorisi yopilgan GT avtomobil-kupelari körinişida işlab çiqilgan.

1971 yildan söng uning asosida Spyder GTS modeli paydo bölgan. Britaniyalik poygaçi Toni Bruks "Formula-1" poygalari böyiça 39 ta jahon çempionatida iştirok etgan va 10 marta şohsupaga kötarilgan. Ulardan 6 tasida birinçi örinni egallagan. Bundan taşqari, u Vanwall va Aston Martin jamoalarida ham poygada qatnaşgan.

 

Şou yulduzlari

Qatnaşuvçilar va hakamlar 2016 yil 21 avgustda Kaliforniyadagi Pebbl Biçdagi Concours d'Elegance kimoşdi savdoasida Ferrari 330 P4 Drogo Spyder 1966’ni qurşab olişgan. Ferrari’ning bu modeli retro-avtomobillar kimoşdi savdosida 370 million mablağ sarflagan kolleksionerlar örtasida eng maşhuri bölib çiqdi, çunki 2 ta LaFerrari avtomobili uçun pu pullarning 3 millioni tölangan.

Pebble kim oşdi savdosining bu yil taxmin qilinayotgan eng yirik 10 bitimidan 5 tasi Ferrari 250 hissasiga töğri kelişi kutilmoqda — u hanuz eng maşhur modelligiça qolmoqda.

2012 yil mayida 1962 yilgi Ferrari 250 GTO avtomobili tarixdagi eng qimmat avtomobilga aylandi: amerikalik telekommunikatsiya magnati Kreyg Makko uni 38,1 million dollarga xarid qilgan.

 

Ferrari-"törttalik"

Ferrari FF 2011 Sidneydagi avtoşou davomida. Bu Ferrari’ning eng yangi tarixi davomida töliq uzatmali tört örindiqli ilk avtomobil hisoblanadi. Hetçbek kuzoviga ega stilli avtomobil 12 silindrli divgatel va qöş birikmali uzatmalar qutisiga ega. Salonda katta yoşli tört kişi uçun yetarli joy bor, orqa qismida esa Ferrari mezonlari böyiça juda siğimli bagaj joylaşgan.

Modelning boşlanğiç bahosi 300 ming dollar turadi; ilk işlab çiqariş yilida 800 tagina avtomobil yasalgan. Öşandan beri Ferrari şu mavzuga oid bir neçta variantni taqdim etdi. Ulardan biri öta nihoyatda tez Ferrari GTC4 Lusso — ança bejirim va yölda yanada tajovuzkor körinişga ega model hisoblanadi.

 

Poygadagi parvoz va qulaşlar

 

Jankarlo Bagetti va Mario Kasonining Ferrari Dino 166P poyga avtomobili (foto 1965 yilning iyunida suratga tuşirilgan) fastbek tepidagi kiçikroq şifti bilan farqlangan, biroq Fransiyada ötgan "Le Manda 24 soat" poytagsida bor-yöği ikki soat qatnaşgan, şundan söng dvigatelidagi nuqsonlar bois foydalanilmay qöyilgan.

Bir yil muqaddam Jon Sertiyes Ferrari 158 F1 avtomobilida "Formula-1" böyiça jahon çempioni bölgan, bu muvaffaqiyatsizlik esa fanatlarni çuqur qayğuga solgan. Biroq oradan ikki yil ötib, Ferrari’ning uç avtomobili (ikkita 330 P4 va 412 P) Floridadagi Dayton şahrida ötkazilgan çidamlilik poygasida şohsupaning eng yuqorisidan joy egallaşgan.

 

Uluğvorlikni ta'qib etib

"Formula-1" poyga Ferrari’si 2017 yil boşida Barselonadagi sinov trekida aylana yölni yakunlamoqda. Fevral oyida Ferrari yangi poyga avtomobilini taqdim etdi va u Mercedes-Benz Daimler AG bilan 2017 yilgi "Formula-1" çempionatida baslaşadi.

Scuderia Ferrari jamoasi sönggi marta konstruktorlar kubogida 10 yilça muqaddam — 2008 yilda ğalaba qozongan, ötgan yili esa biror poygada ğalaba qozona olgani yöq, şu sababli italyanlar: "Bizda özimizni oqlaş uçun biror bahona qolmadi", deyişadi.

SF70-H nomi ostidagi yangi avtomobil Italiyadagi Fiorano sinov trekida taqdim etildi va uni "Formula-1"ning yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida pilotlar Sebastyan Fettel va Kimi Raykkonen boşqarib körişdi.

 

Xuddi öşa qirmizi

Qirmizi rangning ma'lum bir jilosi Ferrari’ning aynan poyga modellari bilan birga eslanadi. Alfa Romeo Automobiles Spa va Maserati bilan qöşib hisoblanganida ham, Rosso Corsa doimo italyan poyga jamoalarining an'anaviy rangi bölgan.

Endi poyga avtomobillarining aksariyati homiylarning belgilari va emblemalari bilan qoplangan, bir qaraşda an'ana barham topgandek. Nima bölganda ham, Ferrari boşqalardan köra qizil rangga köproq boğlangan, ayniqsa özining seriyali modellarida. Ferrari’ning savdoga çiqarilgan avtomobillari 80 foizining rangi — qizil.

 

Yaxşi kunlarni nişonlang

Pininfarina’dan 2011 yilgi Ferrari 550 Barchetta Pininfarina dizaynerlik uyining 70 yilligiga atab yaratilgan. Avvaliga Barchetta oçiq, yengil va ikki örinli, poyga uçun yaratilgan sportça avtomobil edi.

Bu seriyali avtomobil 478 ot kuçiga ega 12 silindrli dvigatel, olti poğonali uzatmalar qutisiga ega bölib, tezligini soatiga 320 kilometrga yetkaza olgan. Bundan taşqari, uning yeçiladigan ustki qismi bölib, uni örnatiş murakkabligi bilan odamlarning esida qolgan, boz ustiga 110 km/soat tezlikda undan foydalaniş mumkin emas edi. Bunday avtomobillardan bor-yöği 448 tasi işlab çiqarilgan.

 

Superunikal, supertez

1965 yilg Ferrari Tipo 410 Superamerica. Kupe kuzovidagi ikki örinli avtomobil maksimal tezligini soatiga 290 km.ga yetkaza oladi, 100 km/soat tezlikka 4 soniyada erişadi. Barça bunday Ferrari’lar singari u ham çeklangan hajmda işlab çiqarilgan: bor-yöği 100 ta şunday avtomobil sotilgan. Pininfarina tomonidan yaratilgan kuzovda 12 silindrli Ferrari dvigateli joy olgan.

 

Zamonaviy Ferrari

Modeler Tommi Hilfiger 2003 yilgi Ferrari Enzöda. Bu olçarang avtomobil 400 ta işlab çiqarilganidan bittasi. U 2002 yilgi parij avtosalonida debyut qilgan; Hilfiger uni yangiligida sotib olgan va şunça payt içida unda 6 ming km.ga yaqin yöl bosgan. Ötgan yili modeler uni Arizona ştati Skottsdeyl şahridagi RM Sotheby's auksionida 2,7 million dollarga sotgan.

 

Ferrari Singapurni egallamoqda

Scuderia Ferrari jamoasi a'zolari Ferrari’ning finlandiyalik piloti Kimi Raykkonen bilan Singapur Gran-prisi pit-leynida. 2016 yil 15 sentabr.

 

Uslubli sayohat

Ferrari California T HS — yozda şahardan çetda dam oliş uçun ideal avtomobil. Uning 3,9 litr hajmli sakkiz silindrli dvigateli turbopuflaş bilan quvvatni 553 ot kuçiga yetkazadi va 100 km/soat tezlikka 3,7 soniyada erişa oladi. Maksimal tezligi — 315 km/soat. Yetti poğonali qöş birikmali uzatmalar qutisi Ferrari California standart versiyaga nisbatan qayta işlangan va endi uzatmani oşiriş 30 foizga, pasaytiriş 40 foizga tezroq amalga oşadi.

California T HS oddiy modelga öxşaş örinlar soniga ega, orqasidagi bagai juda kiçkina. Yoqilğini iqtisod qiliş litriga 9 km.ni taşkil etadi.

 

Barça zamonlarning malikasi

1965 yilda işlab çiqarilgan Ferrari 166 P 206 SP Dino 0834 ga sönggi nigoh.