Ferrari kompaniyasi AQŞ Patent va savdo belgilari idorasiga ikkita alohida kokpit va ikkita rul mexanizmiga ega ğayrioddiy avtomobil konstruksiyasi uçun ariza topşirdi. Unga köra, haydovçi ham, yölovçi ham avtomobilni boşqariş uçun özining tölaqonli örindiğiga ega böladi.

Bunda ikkala ruldan bir vaqtning özida foydalanib bölmaydi. Işlatilmayotgan rul mexanizmi taxminan 90 darajaga yiğilib, yölovçi oldidagi joyni böşatişi mumkin. Şunday qilib, vaziyatga qarab, avtomobilni u yoki bu tomondan boşqariş imkoniyati paydo böladi.

347888519562286
Ferrari
Foto:

Rul çambaraklari zamonaviy Formula-1 bolidining şturvallari uslubida işlangan va suriluvçi çambarak bilan jihozlangan. Bunday konstruksiya old ğildiraklar bilan mexanik aloqaga ega bölmagan rul boşqaruvi tizimi qöllanilganidan dalolat berişi mumkin.

Ferrari bunday tizimni qöllaşning bir neçta variantini körib çiqmoqda. Masalan, kontinental Yevropadan Buyuk Britaniyaga sayohat qilayotganda, haydovçi avtomobilni qayta sozlamasdan boşqaruv tomonini tezda özgartira oladi. Poyga şaroitida esa poygaçining markazda yoki yon tomonda joylaşuvi öng yoki çap burilişlar köp bölgan trassalardan ötiş uçun qulayroq pozitsiyani tanlaş imkonini beradi.

Yana bir ssenariy - uzoq muddatli sayohatlar. Ikkita tölaqonli boşqaruv örindiği haydovçi va yölovçiga töxtamasdan va joy almaştirmasdan, navbatma-navbat avtomobilni boşqariş imkoniyatini taqdim etadi.