Ferrari 25 may kuni özining birinçi töliq elektr avtomobili Luce modelini taqdim etdi. U Apple kompaniyasining sobiq boş dizayneri iştirokida işlab çiqilgan.

Reuters agentligining ta’kidlaşiça, Ferrari asosiy raqobatçilari - Porsche va Lamborghini, aksinça, elektromobil işlab çiqariş sohasidagi ambitsiyalarini pasaytirgan bir paytda yangi elektromobilni taqdim etmoqda. Bu tendensiya talabning pastligi bilan boğliq. Ferrari yangi model boşqa bozorlarda, masalan, elektromobillar keng tarqalgan Xitoyda öz iştirokini kengaytirişga imkon berişiga umid qilmoqda.
Ferrari Luce modeli sport avtomobili sifatida e’lon qilingan bölib, 310 km/soatgaça tezlikka erişa oladi va töliq quvvatlanganda 500 km dan ortiq masofani bosib ötadi. Luce (italyança «yoruğlik») brendning birinçi beş örinli avtomobili böldi, deb yozdi Reuters.


Taqdimotda tomoşabinlarga qizil Ferrari rangidan oq va oç havoranggaça bölgan ranglarda böyalgan beşta avtomobil namoyiş etildi. Uning dizaynini işlab çiqişda Apple kompaniyasining sobiq boş dizayneri, öz agentligiga asos solgan Joni Ayv iştirok etdi.
Avtomobilning narxi 550 ming yevroni taşkil etadi. Birinçi modellarni yetkazib beriş 2026 yil oxirida boşlanişi kutilmoqda. Kompaniya boş direktori Benedetto Vinya avtomobilni beş yillik iş mahsuli deb atadi.
Investorlar Ferrari yangiligini sovuqqon va ehtiyotkor tarzda qabul qilişdi: seşanba kuni ertalab kompaniya aksiyalari 6 foizga tuşib ketdi.



























