Ferrari eksklyuziv Special Projects dasturi doirasida amerikalik mijozning individual buyurtmasi asosida navbatdagi avtomobilni yaratdi. Yangilik CZ26 deb nomlandi: 26 raqami bu loyiha doirasida işlab çiqarilgan 26-noyob avtomobil ekanini bildiradi.

 

CZ26’ning asosini Ferrari SF90 taşkil etadi, biroq asl modeldan deyarli heç qanday taniş kuzov elementi qolmagan. Old qismi balandroq va burçakliroq bölgan, kuzov çiziqlari esa aniqroq va geometrik köriniş olgan. Odatiy SF90 faralari örnini old panjaraning butun eni böylab joylaşgan ingiçka yoruğlik elementlari egallagan.

Dizaynerlar avtomobilning orqa qismi körinişini ham butunlay qayta işladi. Tor çiroqlar örniga yirik kvadrat şaklidagi bloklar örnatilgan, markazdagi qöşaloq tutun çiqariş quvurlari esa saqlab qolingan. Bamperning öziga xos V şakli ham yöqolib, uning örnida yangi diffuzorli, yanada gorizontal pastki qism paydo bölgan.

 

Ferrari vakillarining sözlariga köra, CZ26’ni yaratişda 1970-yillardagi Italiya sanoat dizaynidan ilhomlanilgan. Şu bilan birga, avtomobil retro uslubdan köra köproq futuristik körinişga ega böldi va uning ba’zi yeçimlari haqiqatan ham ayrim zamonaviy konsept-karlarni yodga soladi.

SF90’ning texnik jihozlari deyarli özgarişsiz qolgan. Karbon kuzov ostida ikkita turbokompressorli 4,0 litrli V8 dvigateli va uçta elektr motor işlaydi, ularning umumiy quvvati 986 ot kuçini taşkil etadi. CZ26 joyidan 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erişadi, maksimal tezligi esa soatiga 328 km ga teng.

 

Salon ham SF90 arxitekturasini saqlab qolgan, ammo yangi mato va karbon elementlar bilan boyitilgan. Şu bilan birga, kuzovdagi özgarişlar jiddiy muhandislik işlarini talab qildi: Ferrari sovutiş tizimi, avtomobil tubi, uyurma generatorlari, old havo pardalari, orqa spoyler va diffuzorni qayta işlab çiqdi.