Janubiy Qozoğistonning Tyulkubass tumanida yaşovçi ayol uçinçi marotaba egizaklarni tuqqani uçun "Altin alqa" böyinboği bilan taqdirlandi.
Tyulkubass tumanining Turar Risqulov qişloğida yaşovçi Galim Galbiyat oilasida 8 farzand katta bölmoqda. Uning rafiqasi uçinçi marotaba egizaklarni dunyoga keltirdi. Yoş ona-qahramon Ulbosin Jasimbekovani Tyulkubass tumani hokimi N.Turaşbekov qarşi oldi va "Altin alqa" böyinboği bilan taqdirladi.
2012 yilda "Diplom bilan qişloqda" dasturida yoş oilaga turar-joy taqdim etişgan edi. Hozirgi kunda egizaklarning ota-onalari mahalliy kasalxonada şifokor bölib işlaşadi.
Tuman hokimi böyinboğni topşirar ekan, köp farzandli yoş onaga mamlakatning demografik rivojlanişi uçun ulkan hissa qöşganiga minnatdorçilik bildirdi.
Eslatib ötamiz, yoş şifokorlar oilasida Arujan (4-sinf), egizaklar Kimbat va Simbat (7 yoş), ikkinçi egizaklar Uljan va Ulpan (5 yoş) katta bölmoqda.
Bundan taşqari, ularning 3 yoşga tölgan Akaris ismli katta öğli va 2015 yilda dunyoga kelgan navbatdagi egizaklari (Bekaris va Janaris) ham bor.












