Buyuk Britaniyaning Coys kim oşdi savdo uyi atigi 80 mil (128km) yurgan Mercedes-Benz SL 500 rodsterini savdoga qöydi. U R129 kuzovida işlab çiqilgan. Qiziği şundaki, 1996 yilda işlab çiqilgan maşina egasining kalitni yöqotib qöygani sababli 21 yil turgan, deb yozadi CarThrottle. 

Kim oşdi savdo uyi rahbari Kris Rutlej «Mersedes»ning boşidan keçirganlarini hikoya qilib bergan. Uning aytişiça, rodster qandaydir badavlat qizga hadya qilingan, u esa maşina kalitini yöqotib qöygaç, avtomobilni şunçaki uyida qoldirgan. Maşina esa 20 yildan ortiq vaqt e'tiborsiz qolgan. 

Rutlejning qayd etişiça, agar maşina ötgan davr mobaynida foydalanilganda hozirda 5-7 ming funt sterling (6-9 ming dollar) turişi mumkin edi. Biroq avtomobil yaxşi holatda bölgani sababli uning ehtimoliy qiymati 45-55 ming funt (55-68 ming dollar) atrofida.

Ma'lum bölişiça, maşinaning asl kalitlari topilmagan va yangi kalitlar töplami bilan sotuvga çiqarilgan.