E-Auksion platformasida Toşkentdagi Fonon zargarlik zavodiga egalik qiluvçi Gold Moon Tashkent kompaniyasidagi 100 foiz davlat uluşi sotuvga çiqarildi. Boşlanğiç narx - 316 mlrd 670 mln söm.
Auksion 28-sentabr kuni soat 10:00’da boşlanadi. Iştirok etiş uçun arizalar şu kuni soat 9:00’gaça qabul qilinadi. Savdolar narxni oşirib boriş usulida ötkaziladi.


Gold Moon Tashkent MÇJ Toşkent şahri Çilonzor tumani Kiçik halqa yöli köçasidagi 50-uyda joylaşgan. Kompaniya 2,56 gektar yer uçastkasi va 11 ming 370 kvadrat metrni taşkil etuvçi bino va inşootlar majmuasiga ega. Şu bilan birga, korxonaningning köçmas mulk obyektlariga kredit majburiyatlari sabab tijorat banki tomonidan taqiq qöyilgan.
Maʼlumot uçun, 2026-yilning birinçi yarmida Gold Moon Tashkent 33,4 mln sof foyda körgan. 2025-yilning yakunlari böyiça sof zarar 7,8 mlrd sömni, 2024-yilning yakunlari böyiça esa 12,3 mlrd sömni taşkil etgan.

















